Bor og‘irlik Shomurodovga tushyapti...
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari muxlislik qilayotgan “Itanbul Bashakshehir” jamoas Turkiya Superligasining 13-tur uchrashuvini o‘z maydonida “Trabzonspor” futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.
Sports.uz portali ushbu o‘yinga bag‘ishlangan prevyuni o‘quvchilar e’tiboriga havola etishni ma’qul topdi.
“Istanbul Bashakshehir” kuchli tarkib va mashhur bosh murabbiyi borligiga qaramay, bu mavsumda muxlislar ishonchini to‘liq oqlay olmayapti, jamoa musobaqa jadvalida bor-yo‘g‘i o‘n uchinchi o‘rinda joylashgan.
Bu galgi raqib “Trabzonspor” esa, yuqori o‘rinlarga da’vogar bo‘lib, chempionatda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
“Bashakshehir” biroz jonlandi, lekin...
Istanbul klubi uchun mavsum o‘ta omadsiz o‘tmoqda. Jamoa turnir jadvalining ikkinchi yarmiga o‘rnashib qoldi, bu esa klubning medallar uchun kurashishga bo‘lgan intilishlariga mutlaqo mos kelmaydi.
Omadsiz startdan so‘ng jamoaga Nuri Shaxin bosh murabbiy bo‘ldi. Biroq Dortmundning “Borussiya” afsonasi o‘zining ilgarigi klubidagidan ko‘ra yaxshiroq natija ko‘rsata olmayapti. Dastlab, uning boshqaruvida jamoa besh o‘yinlik g‘alabasiz seriyani qayd etdi. Istanbulliklar “Antalyaspor”ni 4:0 va “Kojaelispor” 1:0 hisobida engganida inqiroz tugagandek tuyuldi. Biroq oxirgi turda ular autsayderlardan biri bo‘lgan “Genchlerbirligi”ga yutqazdi - 1:2.
Fayzullaev safga qaytishga yaqin, asosiy umid yana Shomurodovdan
Yozda jamoaga kelgan o‘zbekistonlik legionerlarning Bosfor bo‘g‘ozi qirg‘oqlaridagi faoliyati turlicha kechmoqda. Eldor Shomurodov 12 ta uchrashuvda sakkizta gol urib, jamoani deyarli yakka o‘zi elkasida ko‘tarib kelmoqda.
Istanbulliklarning muammolari ko‘p jihatdan hujumkor futbolchilarning jarohatlari bilan bog‘liq. Abbosbek Fayzullaev bir yarim oydan ortiq davolandi va noyabr oyidagi xalqaro tanaffusda jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasiga bora olmadi. Lekin shu vaqt ichida jarohatdan deyarli tiklanib bo‘ldi. Yusuf Sari esa oxirgi turda jarohat oldi. Shuningdek, chap qanot himoyachisi Kristofer Operi ham jarohatlanganlar ro‘yxatida.
“Bashakshehir” kam, lekin muntazam gol urmoqda
Istanbul klubining samaradorlik bilan bog‘liq muammolari bor. Hech kim Shomurodovning to‘purarlik kayfiyatini qo‘llab-quvvatlay olmayapti. Eldordan boshqa faqat ikkita o‘yinchi – Ivan Brnich va Nunu da Koshta ikkitadan gol urgan xolos.
Adolat yuzasidan aytadigan bo‘lsak, istanbulliklar o‘z maydonidagi uchrashuvlarda faqatgina “Eyyupspor”ga qarshi o‘yinda gol urolmadi, qolgan uchrashuvlarning barida futbolchilar raqib darvozasiga yo‘l topa oldi. Ammo ko‘p vaziyatlarda bu gollar g‘alabaga kamlik qildi. “Bashakshehir” o‘z uyidagi beshta uchrashuvdan faqat bittasida zafar quchdi.
“Trabzonspor”ning mag‘lubiyatsiz seriyasi ettita o‘yinga etdi
Qora dengiz qirg‘oqlaridagi klubning mag‘lubiyatsiz seriyasi 20 sentyabrda boshlangan. O‘shanda Fotih Tekke shogirdlari “Gaziantep BB” bilan durang o‘ynagandi. Shundan so‘ng jamoa ketma-ket to‘rtta gol urilgan ikkita o‘yin o‘tkazdi va keyin yana ikkita g‘alabaga erishdi. Garchi mag‘lub etilgan jamoalar u qadar kuchli raqiblar bo‘lmagan esa-da, “Trabzonspor” muhim ochkolarga ega bo‘ldi. Tanaffus oldidan jamoa safarda “Galatasaroy”dan bir ochko tortib oldi (0:0), shuningdek, uyda "Alanyaspor"ga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotdi (1:1).
Tarkib optimal formada
Jamoaga faqat tajribali markaziy himoyachi Stefan Savich yordam bera olmaydi. “Manchester Siti” va “Atletiko”ning sobiq himoyachisidan tashqari, “Trabzonspor”da katta yo‘qotishlar yo‘q. Chernogoriyalik himoyachi yo‘qligida markaziy himoyachi rolini nominal tayanch yarim himoyachisi Okay Yokushlu o‘z zimmasiga oldi.
Shuningdek, belgiyalik yarim himoyachi Benjamin Bushuari diskvalifikatsiya tufayli jamoasiga yordam bera olmaydi, biroq u asosiy tarkib o‘yinchisi emas. Nigeriyalik faxriy futbolchi Entoni Nvakaeme uzoq vaqtdan beri jarohatlangan, ammo hozirda u umumiy ro‘yxatdan ham yo‘q.
O‘zaro uchrashuvlarda kim ustun?
So‘nggi paytlarda trabzonliklar Istanbul klubiga qarshi muvaffaqiyatli o‘ynamoqda. “Trabzonspor” oxirgi to‘rtta o‘yinini “Istanbul Bashakshehir” ustidan hech qanday gol o‘tkazmasdan qozonilgan g‘alabalar bilan yakunlagan.
O‘zaro uchrashuvlarning butun tarixida ham “Trabzonspor” ustunlik qilmoqda — raqibning o‘nta yutug‘iga qarshi o‘n to‘rtta g‘alaba. Ustunlikka aynan so‘nggi yillarda erishildi. Hozirgi holatga ko‘ra, mehmonlar seriyani davom ettirish uchun ajoyib imkoniyatga ega.
Ikki to‘purar to‘qnashuvi
Turkiya Superligasining to‘purarlar poygasida raqiblar darvozasini sakkiz martadan ishg‘ol qilgan Eldor Shomurodov (“Bashakshehir”) va Pol Onuachu (“Trabzonspor”) peshqadamlik qilmoqda.
O‘zbek hujumchisi gollaridan bittasini penaltidan kiritgan. Nigeriyalik hujumchi esa, 11 metrlik nuqtadan ikki marta gol urgan. Endi har ikki to‘purar o‘zaro to‘qnash keldi. Ikkisi ham o‘z nomiga navbatdagi gollarni yozdirib qo‘yishga harakat qiladi.
Taxminiy tarkiblar:
“Bashakshehir”:
Muhammad Shengezer, Jerom Opoku, Leo Duarte, Ali Shaxiner, Festi Ebosele, Berat O‘zdemir, Umut Gyunesh, Amin Arit, Mishel Krespo, Deniz Tyuryuch, Eldor Shomurodov.
“Trabzonspor”:
Andre Onana, Okay Yokushlu, Rayyan Baniya, Vagner Pinya, Mustafo Eskixellach, Tim Jabol-Folkarelli, Inao Ulai, Aleksandr Zubkov, Felipe Augusto, Kozim Olaigbe, Pol Onuachu.
Turkiya chempionati 13-turidan o‘rin olgan “Istanbul Bashakshehir” va “Trabxonspor” o‘rtasidagi uchrashuv 24 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
O‘zbek hujumchisi Evrokuboklarda o‘ynash uchun top-klubga o‘tishi kutilmoqda
Yana qancha gol kerak? Shomurodov endi haqiqiy to‘purarligini isbotlayapti...
Fikrlar