
Shomurodov keyingi o‘yinga tayyorlanmoqda. U darvozaga zarba berish bo‘yicha ham alohida shug‘ullanyapti. Maqsad aniq (Foto)
"Jenoa" klubi A Seriyadagi keyingi o‘yinni 24 yanvar kuni o‘z maydonida "Kalyari"ga qarshi o‘tkazadi. Genuyaliklar ushbu bahs uchun tayyorgarlikni boshlashdi. Klub matbuot xizmati jamoaning tayyorgarlik jarayonidan fotolarni taqdim etdi.
Unda biz uchun ahamiyatlisi, Eldor Shomurodovning qay tarzda shug‘ullanayotganligidir. Hamyurtimiz jamoaviy mashg‘ulotlarda qatnashdi va darvozaga zarba berishga ham e’tibor qaratdi.
Fikrlar
Э. Шомуродовнинг мавқеининг юқорилашиши, Ўзбек фотболига қизиқишни ва бошқа соҳаларнинг ривожига ўз ҳиссасини қўша олади.