
Shomurodov keyingi tur maydonga tusha oladimi? Eldorning holati bo‘yicha ma’lumot
"Jenoa"ning "Napoli"ga qarshi o‘yinida Eldor Shomurodov qaydnomaga kiritilmagach, ko‘pchilikni hamyurtimiz nega uchrashuvni o‘tkazib yuborgani qiziqtirdi.
Genuyaliklar ustozi Davide Ballardinining ma’lum qilishicha, Shomurodov mashg‘ulotlarda oyog‘idan biroz jarohatlangan. Shu bois, u neapolliklarga qarshi bellashuvda maydonga tushirilmagan. Uning oyoq mushaklari cho‘zilib, shikastlangani uchun o‘yingacha tiklana olmagan. Shomurodov navbatdagi turga qadar safga qaytishi kutilmoqda. Ammo, u o‘yinda ishtirok etadimi yoki yo‘q, buni murabbiy shifokorlar bilan maslahatlashgach, hal qiladi. Bu haqda Italiya nashri xabar berdi.
"Jenoa" navbatdagi o‘yinni 13 fevral kuni safarda "Torino"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar