
Shomurodov "Milan"ga qarshi muhim uchrashuvda qanday ko‘rsatkichlar qayd etdi?
Xabaringiz bor, Italiya A Seriyasining 37-turidan o‘rin olgan bahsda "Roma" "Milan" bilan to‘qnash kelib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu bellashuvni milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov dastlabki daqiqalardanoq maydonga tushib, 84 daqiqa harakat qildi.
Hamyurtimizning bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etgan statistikasi bilan batafsil tanishing:
Daqiqa - 84
Darvozaga yo‘llangan aniq zarbalar - 0
Dribling urinishlari – 1/3
To‘pga teginishlar soni - 17
Uzatmalar aniqligi - 6/8 (75%)
Keskin uzatmalar - 1
Uzoq masofaga uzatmalar – 1/1 (100%)
Yakkakurashlar – 1/1
Qoida buzarliklari – 0
Unga nisbatan qoida buzilishi – 2
To‘pni tortib olish – 2
XG - 0.01
Eslatib o‘tamiz, hozirda rimliklar 66 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Turinliklar esa 1 ochko ko‘p to‘plagan holda, kuchli to‘rtlikni yakunlab turibdi. "Roma" so‘nggi turda "Torino" bilan kuch sinashsa, "Yuventus" "Venetsiya"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar