Shomurodov o‘zining debyuti haqida nima dedi? Muxlislarchi?

  • 23 avgust, 2023, 17:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kuchli beshlik chempionatlari orasida o‘ziga xos murakkabligi bilan ajralib turadigan A Seriya ham start oldi.

Italiyaning eng kuchli yigirmata jamoasi mavsumni boshladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov bu gal “Kalyari” jamoasi sharafini himoya qiladi.

Birinchi turda Klaudio Raneri shogirdlari Turinda “Torino” mehmoni bo‘lib, hisob ochilmagan o‘yindan bir ochko bilan qaytdi.

Hali sport formasini to‘liq tiklab olmagan Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushib, yarim soat o‘ynadi. 28 yoshli futbolchimiz ancha faol harakat qildi va jamoadoshlarini hujumga boshlashga urindi. Biroq, bu hisobni ochishga kamlik qildi.

64e414a212053

Eldor Shomurodov instagramdagi sahifasida “Torino”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yin haqida post qoldirdi.

- Bu hali boshlanishi. Biz o‘yinimizni yaxshilash borasida ishlashni davom ettiramiz va istalgan natijalarga erishamiz! Bizni qo‘llab-quvvatlab turish uchun kelgan muxlislarga  rahmat, - deb yozdi Eldor Shomurodov.

Shuningdek, “Kalyari” muxlislari ham birinchi tur uchrashuvidan keyin sardiniyaliklar sharafini himoya qilayotgan futbolchilar o‘yiniga o‘z munosabatini bildirdi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga “Kalyari” ishqibozlarining fikr-mulohazalarini havola etadi.

Mario di Karlo:

“Kalyari” tarkibida hali tanilmagan futbolchilar bor. Luvumbo va Oristanioni bunga misol qilish mumkin. Eldor Shomurodov A Seriyada to‘p tepishning qiyinligini biladi. Lapadula safga qaytsa, maydondagi joy uchun kurashishiga to‘g‘ri keladi. O‘zbek hujumchisi gol urishni boshlashi kerak. Pavolettining bir nechta gol urishi bizga kamlik qiladi. Olg‘a, “Kalyari”!

Alberto Antonini:

Pavoletti va Shomurodovga aniq pas oshirib, ularni qulay vaziyatga chiqaridan o‘yinchi bo‘lganida biz yutardik. Jamoaga hujumchilarni to‘p bilan ta’minlaydigan pleymeyker etishmayotgani ko‘rinib turibdi.

Massimiliano Rossi:

Di Prati pleymeykerlik vazifasini asta-sekin o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri keladi shekilli. Himoyadan ko‘ngil to‘q. Jamoaga yana hujumchi keladi, deb o‘ylayman. Lekin Pavoletti va Shomurodov maydonga tushib, o‘yinni ancha kuchaytirdi.

Jampaolo:

Jamoa juda yaxshi o‘ynadi, lekin hujumni yakunlovchi futbolchi yo‘q. Eldor Shomurodov hali formasini tiklab olmaganini gapirishmoqda. Bu ketishda yarim yilda ham shuni bahona qilishadimi?

Monte Prama:

Men hali Eldor Shomurodovning tarkibdagi joyini aniqlay olmadim. “Roma”dagi do‘stlarim Eldor yuqori formasiga chiqishi uchun muntazam o‘ynashi kerakligini aytmoqda. Rimliklar o‘zbek hujumchisining salohiyati yuqori ekanini ta’kidladi. Biroq, biz hali buni ko‘rganimiz yo‘q.

vsp_9783_esu_gruppo

Ta’kidlash joizki, ikkinchi turda “Kalyari”ni jiddiy sinov kutib turibdi. 28 avgustga belgilangan uchrashuvda Klaudio Raneri shogirdlari chempionlik uchun kurashayotgan “Inter”ni qabul qiladi.

Ronaldu Masharipovdan keyin o‘zidan ko‘p gol urgan to‘purar bilan xayrlashadi

Bu futbolchiga Evropada kamida Shomurodovning yo‘lini bersin, deyishmoqda!

Legionerimiz o‘ziga joy tanladi!

Premer-liga klubi tez orada o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qiladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Azizbekaziko
23/08/2023 09:24
Umuman uyin 0
&
Alsher
24/08/2023 10:19
Ha afsus Shoma tòpga kurashishi kerak òtgan òyida Shoma xuddi charchagandek òyinga toqatisdek kòrindi unga nisbatan yo bosim yo ruhiy charchash yoki hayajon bor intilishi kam endi bu safar kòramiz iloji boricha asosiy tarkibda bòsa ancha qizib òyinga moslashardi omad