Shomurodov qaysi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi va qachon safga qaytishi e’lon qilindi!

  • 18 dekabr, 2023, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
BEPUL PROPAN

2020 yilning 1 oktyabridan beri kuchli beshlik ligalariga kiruvchi Italiya chempionatida to‘p tepayotgan Eldor Shomurodov ilk bor jiddiy jarohat oldi.

“Kalyari” mashg‘ulotlaridan birida hamyurtimiz o‘ng oyoq barmog‘ini sindirib oldi. Bu holat “Kalyari” muxlislaridan ko‘ra, o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarini ko‘proq xavotirga solmoqda. Chunki terma jamoasi 13 yanvar kuni Osiyo kubogidagi yurishini boshlashi kerak.

363350221_830894205064601_75279518734258072_n

Sardiniya klubi faoliyatini alohida e’tibor bilan yoritib kelayotgan www.cagliarinews24.com sayti  eksperti Lorentso Shirru o‘zbekistonlik legioner “Kalyari”ning qaysi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi va taxminan qachon safga qaytishini hisoblab chiqdi.

- Amaldagi chempion – “Napoli” maydonidan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytgan “Kalyari” keyingi o‘yinlar haqida bosh qotirishi kerak.

Sardiniyaliklar yangi yilgacha ikkita uchrashuv o‘tkazishi belgilangan. Navbatdagi o‘yin 23 dekabr kuni raqib maydonida “Verona”ga qarshi bo‘ladi. Shomurodov bu uchrashuvni o‘tkazib yuborishi aniq. Chunki hujumchi jiddiy jarohatidan tiklanishi uchun kamida bir oy atrofida vaqt talab etiladi.

O‘zbek hujumchisi 30 dekabrda “Empoli” hamda 7 yanvarda “Lechche” bilan bo‘ladigan to‘qnashuvlarda ham jamoasiga yordam bera olmaydi.

Orada Italiya kubogi doirasidagi bahs bor. 2 yanvarga belgilangan “Milan”ga qarshi o‘yinda Klaudio Raneri Shomurodov xizmatidan foydalanmaydi.

Eldor Shomurodov yanvar oyida “Bolonya” va “Frozinone” bilan bo‘ladigan uchrashuvlar arafasida maydonga qaytadi. Bu bellashuvlar 14 va 21 yanvarga qo‘yilgan, - deb yozmoqda Lorentso Shirru.

Ta’kidlash joizki, Eldor Shomurodov 14 yanvargacha maydonga qaytgan taqdirda ham katta ehtimol bilan “Kalyari” ishtirokidagi o‘yinlarda qatnasha olmaydi.

Chunki O‘zbekiston milliy terma jamoasi aynan ana shu muddatda Osiyo kubogidagi yurishini boshlaydi.

Eldor Shomurodovning o‘zi shifokorlardan Qatardagi Osiyo chempionati boshlangunga qadar uni oyoqqa turg‘azishni so‘ragan va davolanish jarayoni tezroq kechishi uchun jarrohlik amaliyotiga ham rozilik bergan.

Ayrim manbalar O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori yangi hafta davomida Rim shahrida operatsiya qilinishi haqida ma’lumot tarqatdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarda bo‘ladigan Osiyo chempionati guruh bosqichida Avstriya, Hindiston va Suriya bilan bir guruhdan joy olgan. Eldor Shomurodov o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan terma jamoamiz sardori, etakchisi va eng zo‘r to‘purari hisoblanadi.

28 yoshli forvard mamlakatimiz bosh jamoasi safida jami 68 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 38 marotaba ishg‘ol qilgan. Bu ko‘rsatkich O‘zbekiston milliy terma jamoasi safidagi rekord natija hisoblanadi.

IMG_1111

Eldor Shomurodovga jarohatidan to‘liq qutilib, tezroq maydonga qaytishi, gollari va assistlari bilan muxlislarini xushnud etishini tilab qilamiz.  

G‘alabali o‘yinda to‘liq harakat qilgan Husanov qanday baholandi?

Tezkor: Shomurodov Osiyo kubogiga borish yo‘lini topdi!

Shomurodov Osiyo chempionatida terma jamoaga yordam bera olmaydimi?

Eng mashhur murabbiy Fayzullaevni tanladi

Fayzullaevning haqiqiy mahoratini bahorda ko‘rasizlar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sherhon G'apparov
18/12/2023 06:25
Avstriya? Iye qiziq buldiku bu osiyo chempionatimi yoki yevropa.
&
АБВГДейка
18/12/2023 06:20
Австрия билан Австралия алохида иккита давлат макола муаллифи.
&
Адхамжон Низомов
17/12/2023 23:55
Сайтдагилар кайфми?Австрия эмиш, Осиега мехмонга келар эканми?вуа..ха..ха...
Mustafo Anvar
17/12/2023 23:44
Австрия эмас, Австралия билан ўйнайди. Австрия Европада
Ishoq Ruziev
17/12/2023 20:39
Eldor osiyo kubogida 1-o'yinni o'tkazsa ham ikkinchi uchunchi o'yinlarga tayor turishi kerak