
Shomurodov qishda A Seriyaning boshqa jamoasiga ijaraga o‘tishi mumkin
“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov qishda klubini o‘zgartirishi mumkin, deb xabar berdi "Metaratings.ru" nashri.
O‘zbekistonlik futbolchining vakillari Eldor "Roma"da deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozi. Shu bois, qishda uning Rimni tark etishi taxmin qilinmoqda. Qolaversa, yozda Shomurodovga bir qancha klublar qiziqish bildirgan, ammo "Roma" rahbariyati Eldorni jamoada olib qolishga ko‘ndirishgan edi.
Hujumchiga "Bolonya" va "Torino" qiziqish bildirishmoqda. Ular Shomurodovni yozgi transfer oynasida qo‘lga kiritishga yaqin kelgandi. Ammo yakunda transfer amalga oshmay qoldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, katta ehtimol bilan Eldor mavsum oxirigacha boshqa jamoada ijarada o‘ynaydi. To‘liq transfer bo‘yicha muzokaralar esa 2023 yilning yoziga qoldiriladi.
Ma’lumot o‘rnida, Eldor joriy mavsum "Roma"ning ichki chempionat doirasidagi 5 ta o‘yinida maydonga tushgan.
Fikrlar