
Shomurodov Son, Azmun va Taremi kabi yulduzlar bilan kurashmoqda (so‘rovnoma)
Xabaringiz bor, Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy sayti muntazam ravishda qit’a miqyosida hafta futbolchisini aniqlab keladi.
E’tiborli jihati, ushbu jarayonda ketma-ket ikkinchi bor legionerimiz ishtirok etmoqda.
"Eldor Shomurodov
90 daqiqa, 1 gol, 82% paslar aniqligi
O‘tgan safargi so‘rovnomada ikkinchi o‘rinni egallagan "Jenoa" futbolchisi Eldor Shomurodov A Seriyada yana gol urdi. Bu safar u 7 ta to‘p kiritilgan "Latsio"ga qarshi dramatik o‘yinda chap oyoqda yo‘llagan zarbasi bilan darvozani ishg‘ol etdi.
O‘zbek yulduzi Italiyada o‘z o‘yinini topib bormoqda. Hozirgi vaqtga kelib, debyut mavsumda uning hisobida 5 ta gol mavjud",-deya yozib qoldirdi OFK rasmiy sayti.
Ushbu so‘rovnomada ishtirok etish orqali siz ham hamyurtimizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin.
Fikrlar