Shomurodov tufayli “Roma” fanatlari ikkiga bo‘lindi

  • 16.04.2025 10:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol

“Roma” o‘ta muvaffaqiyatsiz boshlangan mavsumning hal qiluvchi pallasiga Evropa kuboklariga yo‘llanma beradigan yuqori o‘rinlar uchun da’vogar sifatida kirib keldi.

Jamoani noyabr oyining ikkinchi yarmida qabul qilib olgan Klaudio Raneri tarkibni yangilamagan holda yuqori natijalarga erishish mumkinligini isbotlab kelmoqda. “Roma”ning jonlanishi jarayonida klubdan ikki marta ketishga yaqin bo‘lgan Eldor Shomurodovning vaziyati ham ijobiy tomonga o‘zgardi.

So‘nggi paytda o‘zbek legioneri jamoa o‘yiniga maydonda eng kuchli ta’sir o‘tkazayotgan figuraga aylandi. “Roma” faoliyatini tahlil qilib borayotgan mutaxassislar va rimlik muxlislar Artyom Dovbik va Eldor Shomurodovni bir biriga solishtira boshladi. O‘tgan yoz 30 million evrodan ziyod summaga xarid qilingan ukrainalik hujumchi mavsum avvalidan har tomonlama ustun o‘yinchi sifatida baholanib kelgan bo‘lsa, endi Eldor Shomurodovni asosiy hujumchi darajasiga ko‘tarilganini e’tirof etayotganlar soni keskin oshib bormoqda.

Aksariyat kuzatuvchi garchi Dovbik Shomurodovdan ko‘p gol urgan bo‘lsa-da, o‘zini jamoaga va o‘yinga bag‘ishlar borasida o‘zbek hujumchisi raqobatchisidan har tomonlama ustun ekani va shu bois ham Eldorga ko‘proq o‘yin amaliyoti berilishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Xususan, ekspert va nufuzli manbalar ham o‘z tahlillarini ana shu masalaga katta urg‘u qaratmoqda.

- Artyom Dovbikning o‘yinini kuzatish unchalik ham yoqimli emas. Agar u uchrashuvda gol urmasa, jamoaga boshqa hech qanday foyda keltirmayapti. Gol urmasa ham, juda yaxshi o‘ynayotgan hujumchilar bor. Dovbik ular qatoriga kirmaydi. Rim derbisida Eldor Shomurodov undan yaxshi o‘ynadi.

Dovbik 190 santimetr bo‘y va 90 kilogramm vazn bilan yakkakurashlarda g‘olib chiqolmasligi g‘azabimni keltiradi. Undan cho‘chiydigan raqib qolmadi. Gavdasidan foydalana olmaydi va bu normal holat emas, - dedi futbol ekseprti Rikardo Trevisani Roma news nashriga bergan intervyusida.

Nufuzli manba – Corriere dello sport gazetasi tahlilida berilgan xulosa ham Trevisanining fikriga hamohang bo‘lib chiqdi.

-  Artyom Dovbik hali hamon muhim uchrashuvlar natijasiga ta’sir o‘tkaza olmayapti, degan qarash shakllanib qoldi. To‘g‘ri, har bir o‘yin muhim, lekin ularning orasida ahamiyati yuqoriroq turadiganlari bor. “Latsio” bilan o‘zaro to‘qnashuv ana shunday bahslar qatoriga kirardi.

Dovbik bunaqa gavdasi va jismoniy imkoniyatlari bilan to‘p uchun ko‘proq kurashishi, pressinglarda faollik ko‘rsatishi, o‘z kuchini namoyish qilishi shart. Artyom gol urmagan bahslarda jamoaga foydasi tegmaydi, degan tasavvur bor.

Ko‘plab muxlislar va ekspertlar Eldor Shomurodov markaziy hujumchi pozitsiyasida o‘ynaganida jamoaning oldinga o‘tishini ta’minlash uchun tinimsiz pressing qilishini alohida e’tiroq etmoqda, - deb Corriere dello sport.

Umumiy xulosa o‘rnida aytish lozimki, Artyom Dovbik tarafdorlari Ispaniya chempionati to‘purari hali A Seriyaga to‘liq moslashmagani, bu mamlakatdagi futbol ispanlarnikidan farq qilishi, ukrainalik forvardga biroz vaqt kerakligini aytyapti.

Eldor Shomurodovning jadal tarzda ko‘payib borayotgan muxlislari esa, o‘zbek futbolchisi harakatchanligi, kurashuvchanligi, yakkakurashlardagi faolligi bilan jamoa o‘yiniga kuchli ta’sir o‘tkazayotgani va unga ko‘proq o‘yin amaliyoti berish kerakligini ta’kidlamoqda.

Hurmatli muxlislar, “Roma” uchun kim foydali, Dovbikmi yo Shomurodov? Bu boradagi o‘z fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

“Siti”da tozalash bo‘ladi, masala Husanovga ham daxldor!

Gvardiola Husanovdan voz kechdimi? “Siti” 90 million evrolik markaziy himoyachi olyapti
“Real” Husanovning do‘stini olib ketadigan bo‘lyapti

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Yusuf Mukhammad
16/04/2025 13:53
Shoma gazini bos biz sen bn...
&
Азизжон
16/04/2025 12:12
Эдорда
&
998913335306
16/04/2025 11:08
Шома янада севимли мухлислар ёқимтойи булиши учун купрок гол киритиш йулини ўйлаши.керак.