“Shomurodov yaxshi narsalarni gapirib berdi, o‘zim kurashga tayyorman!”

  • 10 avgust, 2023, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Mavsumning eng kutilmagan transferlaridan biri “Paxtakor” etakchisi Abbosbek Fayzullaevning Rossiya Premer-ligasi vakili TsSKA klubiga ko‘chib o‘tgani bo‘ldi, desak xato qilmagan bo‘lamiz.

Buni “Paxtakor” rahbariyati Superligada mavsum eng qizg‘in pallaga kirgan bir paytda 19 yoshli futbolchini TsSKAga qo‘yib yuborishni istamaganidan bilib olsa ham bo‘ladi. Biroq, iste’dodli hujumkor futbolchimiz o‘ziga takliflar ko‘p bo‘layotganiga qaramay, TsSKA klubiga ko‘chib o‘tishga qaror qildi.

9e79eb76f54d3efa741a6ac3860d9d2f

Oxir-oqibat “Paxtakor” mutasaddilari ham, Fayzullaevning TsSKA o‘yin uslubiga mos tushmasligini aytgan mutaxassislar ham unga omad tilab qolishdan boshqa imkon topolmadi.

Moskva klubi o‘zbek legionerini ilk bor Rossiya kubogi doirasida “Fakel”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv qaydnomasiga kiritdi.

Abbosbek Fayzullaev o‘z transferi haqida rossiyalik jurnalistlarga qisqa intervyu berib, quyidagi fikrlarni bildirdi.

- TsSKAga ko‘chib o‘tgandagi hissiyotlaringiz qanday bo‘ldi?

- Jamoaga qo‘shilganimdan juda xursandman. TsSKAga yordam berishni istayman.

- Bu qadamni tashlashga qaror qilganingizda nimalarni o‘yladingiz?

- Men juda ko‘pchilik bilan maslahatlashdim. Eldor Shomurodov hamda yaqinlarim bilan bu borada gaplashdim.

- Shomurodov sizga yordam beribdi. U Rossiya haqida nimalar dedi?

- Ko‘p yaxshi narsalarni aytdi. Maslahatlar berdi.

- TsSKAdagi raqobatga tayyormisiz?

- Ha, tayyorman. Men asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashga tayyorman.

776f90bd518cbffa433fb5ef0bb6f606

Eslatib o‘tamiz, TsSKA Fayzullaev transferini 4 avgust kuni e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Abbosbek Fayzullaevning “Paxtakor” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirigacha imzolangani bois, Toshkent klubi bu transferdan 500 ming evro ishlab oldi.

TsSKA rahbariyati o‘zbekistonlik legioner bilan 2026 yilning yozigacha shartnoma tuzdi. Tomonlar kelishuvga ko‘ra¸hamkorlikni yana bir yil uzaytirish imkoniyati bor.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘zbek futbolchisi yaqinda asosiy raqib – Moskvaning “Spartak” jamoasiga o‘tib ketgan hujumkor futbolchi Xesus Medinaning o‘rnini bosishi kutilmoqda.

Shuningdek, TsSKA rahbariyati Abbosbek Fayzullaev kelganidan keyin kolumbiyalik legioner Yorg Karraskaldan ham qutilishni rejalashtirmoqda.

Frantsiyada oson bo‘lmaydi: Abduqodir Husanov eng kam - 19 daqiqa o‘ynadi!

Shomurodov: Messiga hech qanday aloqam yo‘q! (foto)

Legionerimiz o‘ziga joy tanladi!

“Kalyari” etakchi futbolchisi Shomurodov haqida nima dedi?

Shomurodovning ustozi kelajagi haqida hech kim kutmagan muhim gap aytdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!