
Shomurodovdan ko‘p gol urgan himoyachini Angliyada kutishyapti
“Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida himoya chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Manbalarning ma’lum qilishicha, inglizlar “Roma”ga iste’dodli himoyachi Janluka Manchinining transferi bo‘yicha so‘rov yuborgan. To‘rt yildan beri A Seriyada muvaffaqiyatli to‘p tepayotgan himoyachi “bo‘rilar” tarkibiga 2019 yili “Atalanta”dan ko‘chib o‘tgan edi.
“Roma” bu futbolchi bilan 2024 yilning yarmiga qadar davom etadigan shartnomaga ega. Biroq, rimliklar 30 million evro miqdorida taklif bo‘lsa, Manchinining ketishiga to‘sqinlik qilmaydi.
24 yoshli o‘yinchi joriy mavsumda A Seriyada jami 25 ta bahsda maydonga tushib, o‘z ishini puxta bajarishdan tashqari, raqiblar darvozasiga to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Manchini markaziy himoyachi bo‘lishiga qaramay, A Seriya o‘yinlarida aksariyat hujumchilar, xususan hisobiga uchta to‘p yozib qo‘ygan Eldor Shomurodovdan ham ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.
Fikrlar