Shomurodovdan syurpriz!

  • 19.06.2025 07:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodov yozgi transferlar davrida “Roma”ni tark etishi mumkin. O‘zbek futbolchisiga AQShdan kelgan takliflar ortidan Turkiya Superligasi vakili “Bashakshehir” ham uni o‘z safiga chorlamoqda.

Sports.uz portali Italiya va Turkiya manbalarining Eldor Shomurodov transferiga oid e’lon qilgan ma’lumotlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

ILROMANISTA.EU:

“Roma” futbolchilari yangi bosh muabbiy Jan Pero Gasperini boshchiligida yurishni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan pallada klubning transfer bozori faollasha boshladi. Bugungi kunda ko‘pchilikning diqqat markazida turgan futbolchilardan biri Eldor Shomurodovdir.

Turkiyalik jurnalist Yag‘iz Sabunchuo‘g‘lining ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya Superligasi vakili “Bashakshehir” bu futbolchi bilan aloqaga o‘rnatgan.

Superliga klubi o‘zbekistonlik markaziy hujumchiga jiddiy qiziqish bildiryapti va uni yozgi transferlar davrida o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilyapti.

ILKHABER-GAZETESI.COM:

“Bashakshehir” transfer nishonlari ro‘yxatiga “Roma”da o‘ynayotgan o‘zbek futboli yulduzi Eldor Shomurodovni qo‘shdi. Klub polshalik to‘purar Kshishtof Pyontek klubni tark etganidan keyin hujum chizig‘ini “Roma” vakili bilan kuchaytirmoqchi.

“Bashakshehir” futbolchi vakillari bilan dastlabki muzokaralarni boshladi. Shomurodov jismonan baquvvatligi va hujumlarni samarali yakunlay olish qobiliyati bilan klub mutasaddilari e’tiborini tortdi.

Yaqinda “Bashakshehir” Pyontekni Qatarning “Ad-Duxayl” klubiga transfer qilib, 10 million evro ishlab oldi. Polshalik hujumchi mavsumni 47 ta o‘yinda kiritilgan 31 ta gol va beshta assist bilan yakunladi. Endi Istanbul klubi hujum chizig‘idagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun yangi forvard olishi zarur.

GAZETEBIRLIK.COM:

Pyontekning o‘rniga yangi hujumchi. Eldor Shomurodov “Bashakshehir”dan syurpriz. Hujumda samaradorlikni oshirishni maqsad qilgan “Bashakshehir” tarkibda o‘zgarishlarga qo‘l urmoqda.

Polshalik to‘purarga o‘rinbosar topish ilinchida klub mutasaddilari Italiyaga yuzlandi. Insayd xabarlarga ko‘ra, istanbulliklar “Roma”ning tajribali hujumchisi Eldor Shomurodovga bog‘langan. Tomonlarning dastlabki uchrashuvi ijobiy kechgani aytilmoqda. Muzokaralar davom etmoqda.

Eldor Shomurodov 2024-2025 yilgi mavsumda “Roma” uchun 37 ta uchrashuv o‘tkazib, ettita gol urdi  va beshta golli pas uzatdi.  O‘zbekiston milliy terma jamoasining mohir hujumchisi A Seriyada avvaliga zaxira o‘yinchisi edi, keyinchalik asosiy tarkibdan muqim joy oldi.

Murabbiylar shtabi Shomurodov o‘zining jismoniy kuch-quvvati, hujumchilik qobiliyati va boy tajribasi orqali Superligadagi vaziyatga ta’sir o‘tkaza oladi, deb hisoblamoqda. Muzokaralar hozirgidek do‘stona ruhda o‘tsa, o‘zbek futbolchisi Istanbulga kelishi mumkin.

Shomurodovning transferini kim hal qiladi?

Shomurodov “bomba” transfer bo‘ladi! Evropaning mashhur ligasida Eldorni kutishyapti
O‘tkir Yusupovning bu “ishi”ni hech kim unutmaydi!

Fayzullaevni jamoaga olishni istashmagandi...

Fayzullaev “Real” va “Barsa”ni tanladi!

Legionerimiz Evropada yurish qilishga tayyor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!