Shomurodovga bir qarab qo‘y, Mourino!

  • 12 sentabr, 2022, 06:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya matbuoti poytaxt jamoasi – “Roma” atrofidagi voqealarni yoritishni, jamoa, murabbiylar, futbolchilar harakatlarini tahlil qilishni yaxshi ko‘radi.

Bu mamlakatdagi eng nufuzli nashrlardan biri La Gazzetta dello Sport  Eldor Shomurodov faoliyatiga e’tibor qaratdi. Albatta, bu bejiz emas. Bunga Joze Mourino chetga chiqarib qo‘ygan legionerimizning Evropa ligasi doirasida Bolgariyada “Ludogorets” darvozasiga urgan goli va ko‘plab mutaxassislar tomonidan “Roma”ning o‘sha bahsdagi eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etilgani asos bo‘ldi.

shoma-gol-neslishu

La Gazzetta dello Sport nashri shunday yozadi:

- Razgraddagi zulmatda quyosh nuri poladi. Murabbiylar kam foydalanayotgan hujumchida baribir qayta yuksalish payti keladi – bu imkoniyat ertami-kechmi baribir taqdim qilinadi. Agar hujumchining zaxirada qolib ketayotganining asosiy sababi transfer bozoridagi vaziyat bilan bog‘liq bo‘lsa, Eldor Shomurodovning samaradorlik ko‘rsatgani uning qaytishining ahamiyatini yanada oshirib yuboradi.

O‘tgan yili Joze Mourino tanlagan hujumchi uchun Evropa ligasidagi “Ludogorets”ga qarshi debbt uchrashuvning 23 daqiqasi Shomurodovning elkasidan bosib turgan “tog‘”ni ag‘dardi va uni ta’qib qilayotgan mavhumlikka barham berdi.

Mavhumlik gollar bilan yashaydigan markaziy hujumchilar uchun juda yomon holat hisoblanadi.

Aslida Eldor Shomurodovning A Seriyadagi ko‘rsatkichlari yomon emasdi. O‘tgan mavsumda A Seriyada jami 766 daqiqa to‘p tengan forvard uchta to‘p kiritdi.

Bu ko‘rsatkichning ahamiyatini qolgan taniqli hujumchilar natijasi bilan solishtiramiz: “Latsio” vakili Vedat Muriki 206 daqiqa o‘ynab gol urolmadi, Shomurodovning jamoadoshi Stefan El-Shaaravi 1045 daqiqada uchta, “Verona”dan Kevin Lazanya 1174 daqiqada ikkita, “Fiorentina”dan Artur Kabral 749 daqiqada ikkita gol kiritdi xolos.

Bu borada o‘zbek hujumchisini “Fiorentina”da 736 daqiqada uchta gol urgan Kshishtof Pyontek, “Napoli” safida 560 daqiqada uch bor to‘p kiritgan Andrea Petanya, “Inter” uchun 866 daqiqa o‘ynab, o‘z hisobiga beshta to‘p yozdirgan Aleksis Sanches qatoriga qo‘shish mumkin.

c54485d163f3532a9a5a94ff1459ef03

Joze Mourino yozgi transferlar vaqtida jamoa hujum chizig‘ini o‘zi istagan darajada kuchaytira oldi. Klub bir necha klublar og‘iz solgan Nikolo Dzanoloni tarkibda saqlab qoldi. Erkin agent sifatida Paulo Dibala va Andrea Belotti kabi yulduz to‘purarni jamoaga qo‘shishni uddaladi.

Bosh murabbiyga kerak bo‘lmay qolgan oldingi chiziq vakillaridan Jastin Klyuyvert “Valensiya”ga, Feliks Afena-Gyan “Kremoneze”ga, Karles Peres “Selta”ga jo‘natildi. Hujumchilardan faqatgina Eldor Shomurodovning bozori yurmay qoldi. Aslida eng ko‘p xaridorga ega futbolchi ham Shomurodov edi.

Qizig‘i shundaki, mavsum startida “Roma”da hujumchilar bilan bog‘liq muammo vujudga keldi. Temmi Abraxam, Nikolo Dzanolo, Stefan El-Shaaravi bir necha o‘yin davomida jamoaga yordam bera olmaydigan darajada shikastlandi.

Mavsumoldi yig‘inida qatnashmagan Andrea Belottining jismoniy holati talabga javob bermayotgani ko‘rinib qoldi. Paulo Dibala hujumda yolg‘izlanib qolgan bir paytda jamoa joniga Eldor Shomurodov aro kirdi.

“Ludogorets”ga qarshi bahs o‘zbek hujumchisi hozirning o‘zida boshqa hujumchilardan yaxshiroq tayyorgarlikka ega ekanini ko‘rsatib berdi.

631a37e802e8bd4ae328da7a

Endi ko‘pchilik muxlisu mutaxassislarni Joze Mourino jamoadagi vaziyatdan kelib chiqib, Eldor Shomurodovga qanchalik ishonch bildirishiga qiziqmoqda.

To‘purar legionerimiz Turkiya, Polsha, Qatar, Saudiya klublari taklifini rad etdi yoxud navbatda Germaniya jamoasi turibdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Yuldashev
11/09/2022 16:22
Сўзларда ғиж ғиж имловий хатоку, нимага озгина эътиборли бўлмайсизлар?
&
11/09/2022 21:25
Toʻgʻri aytasiz