Shomurodovga fanatlar yangi talab qo‘ydi!
Rim shahri ahli va “Roma” muxlislari “bo‘rilar”ning “Verona”ga qarshi o‘tkazgan o‘yinini muhokama qilishni to‘xtatgani yo‘q. Ular jamoaning uzoq kutilgan musobaqa – Evropa Chempiolar ligasiga chiqishini kutmoqda.
A Seriyaning 33-turida “Roma” qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodovning to‘rtinchi daqiqada kiritgan to‘pi rimliklarga qimmatli uch ochkoni keltirdi va jamoani yuqori o‘rinlar uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi.
Sports.uz portali rimlik fanatlarning fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qiladi.
Réseau Occupé:
Shomurodovning fanatlari mazza qildi...
Gianluca Burchielli:
Birinchi bo‘limda Shomurodov kichik imkoniyatdan gol urdi. Aslida ikkinchi to‘pni kiritib, masalani hal qilish kerak edi. Yagona gol bilan o‘yin oxirigacha g‘alabani ushlab qolish juda qiyin ekan.
Ciro Biancardi:
Sarguzasht film ko‘rgandek bo‘ldim. Fantastik pas va Shomurodov juda kerakli gol. Savol tug‘iladi: Nega goldan keyin hech narsa qila olmay qoldik?
Franco Di Stadio:
Anjelino raqib bilan ovora. Afsuski, Baldantsi o‘z o‘yini bilan hech narsa qila olmadi. Sule va Salemakers himoyachilardan o‘tolmadi. Natijada Shomurodov oldingi chig‘iqda yolg‘izlanib qoldi, unga to‘p etib kelmadi.
Shomurodovga yana gol urishi uchun pas beradigan boshqa o‘yinchi yo‘qmi?
Enzo Proietti:
“Roma”ning o‘yini yoqmadi. Rimliklar juda sekin o‘ynadi va to‘pni asosan orqa chiziqqa oshirdi. Tezkor va qat’iyatli “Verona”ga qarshi bunday o‘ynab bo‘lmaydi. Baldantsi va Salemakers hech narsa qila olmadi. Biz muxlislarga yoqqani – Shomurodov gol urib, natija qilib bergani bo‘ldi.
Carlo Smiths:
Shomurodovning goli va natija yaxshi bo‘ldi xolos.
Raffaele Burzi:
Shomurodovga qanotlardan yuqorilatib to‘p uzatsa, bo‘lmaydimi?
Mauro Durante:
Men shaxsan Ranerining o‘zi to‘pni oldinga, Eldor Shomurodovga etkazib berishni so‘raganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Lekin uning shogirdlari bu ishni eplay olmadi.
Osi Onyishi:
Shomurodov, endi ikkitadan gol ur.
Leandro Khalil:
10 ta jamoadoshi to‘p uzatmasa, Shomurodov yana qanday gol ursin?
Massimo Panci:
Faqat Eldorning goli va natijadan qoniqdim.
Ham Der Nico:
Zerikarli o‘yinni Shomurodovning goli bezadi xolos.
Réseau Occupé:
Eldor hammamizni xursand qildi.
O‘zbekistonlik “iblis”! Ekspertlar Shomurodovga yana qanday ta’rif berishyapti?
Shomurodov hammani qutqardi!
“Roma”ni Chempionlar ligasiga etaklayotgan Shomurodovning o‘yinini ekspertlar qanday baholadi?
Fayzullaev nega Evropada o‘ynamayapti? “Barsa” sobiq yulduzi vaziyatni tushuntirib berdi
Fikrlar