Shomurodovga kutilmagan xaridor chiqdi!

  • 17 noyabr, 2022, 17:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transferlar yaqinlashgani sari Eldor Shomurodovni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘layotgan jamoalar ham ko‘payib bormoqda.

Tecno

Legionerimiz yozgi transferlar vaqtida Italiyada qolishini aytib, Germaniya, Frantsiya, Turkiya, Angliya va Saudiya Arabistoni jamoalari chorloviga javob bermagan edi.  Hozircha, unga asosan A Seriya vakillaridan xaridor chiqmoqda.

sassuolo-roma-shomurodov_2

Eldor Shomurodovning ayni paytdagi eng katta muammosi “Roma” murabbiylar shtabi unga o‘zini ko‘rsatish uchun etarli imkon bermayotganida. Shomurodov “Jenoa”da o‘ynagan kezlari Italiya chempionatida gol ura olish qobiliyatini namoyish etgandi. Rim klubiga ko‘chib o‘tganidan beri, mana ikkinchi mavsumki, faqat maydonga bir necha daqiqa tushirilyapti xolos.

Shu bois, muxlisu mutaxassislarning aksariyati o‘zbek hujumchisi qishki transferlar vaqtida poyxatni tark etishini kutmoqda. Rim klubi mutasaddilari ham yaxshi xaridor bo‘lsa, kelishuvga to‘sqinlik qilmasligi aytilmoqda.

Italiya chempionatida tanaffus e’lon qilingan bir paytda Eldor Shomurodovga kutilmagan jamoa – “Kremoneze” xaridor bo‘lmoqda.

Bu jamoa A Seriyada hali biror marotaba g‘alaba qozona olgani yo‘q. Etti ochko bilan xavfli zonada “mixlangan”.

Klub rahbariyati ligada qolish uchun hujum chizig‘ini kuchaytirish kerak, degan xulosaga keldi. “Kremoneze” chempionatda eng kam gol urgan ikki jamoadan biri. Ular hisobida 11 ta aniq zarba bor.

“Kremoneze” mavsum boshlanishi oldidan “Roma”ning ikki tarbiyalanuvchisini o‘z safiga qo‘shib olgandi. Sobiq “bo‘rilar”dan biri – 20 yoshli Tommaso Milaneze faqat liga va kubok o‘yinlarda ikki marta maydonda ko‘rinish berdi.

Joze Mourino kashf qilgan Feliks Afena-Gyan ham autsayder jamoada o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. A Seriyada etti marta maydonga tushib, gollar hisobini ocholmadi. Faqat Italiya kubogida bitta gol urdi xolos.

“Kremoneze” bosh murabbiyi Massimiliano Alvinining qo‘l ostida turli mamlakatlardan sakkizta hujumkor futbolchi bor. Lekin ularning aksariyati o‘zini ko‘rsata olayotgani yo‘q. Jamoa to‘purariga aylangan nigeriyalik David Okereke hisobida atigi uchta to‘p bor xolos. Oldingi chiziq vakillaridan belgiyalik  legioner Siril Dessers va italiyalik Daniel Chiofani ikkitadan golga mualliflik qilgan.

Klub rahbariyati murabbiylar shtabi oldiga jamoani quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qolish vazifasini qo‘ygan. Buning uchun futbolchilar o‘yinlarda g‘alaba qozonishi talab etiladi. G‘alaba uchun gol urish kerak.

Hozircha, “Kremoneze”ning asosiy nishoni Shomurodov bo‘lib turibdi. Biroq, 27 yoshli hujumchimizning quyi ligaga tushib ketish ehtimoli katta bo‘lgan klubga o‘tishi o‘zini oqlarmikin?

2693vbg1h5su9ea2hhutuh8vc4_2022-09-18_1950340_as-roma-vs-atalanta-bc-25874

Qolaversa, legionerimiz oldida “Torino”, “Bolonya”, “Sampdoriya”, “Montsa” kabi jamoalardan birini tanlash imkoni ham bor. Bundan tashqari, yanvar oxirigacha boshqa variantlar chiqishi ham tabiiy hol.

Shomurodov ustozini Italiyaga chaqiryapti!

Italiya klubi Shomurodov transferiga munosabat bildirdi

“Roma” Shomurodovga yangi ish qidirmoqda!

Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!

Shomurodov “Atletiko”ga yordam ko‘rsatdi! (foto)

O‘zbekiston yutadimi yoki Qozog‘iston? Futbolchilar bahs boyladi!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!