
Shomurodovga “Roma”dan ketishni tavsiya qilishdi...
O‘zbek futbolining oxirgi yillardagi eng yorqin yulduzlaridan biri Odil Ahmedov https://sport24.ru sayti jurnalisti Vladislav Shapiroga intervyu berdi.
Odil Ahmedov “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional futboldagi dastlabki jamoasi sifatida ham “Paxtakor” qayd etilgan.
Mohir yaim himoyachisi bir necha yil poytaxt klubida muvaffaqiyatli to‘p surganidan faoliyatini Rossiya premer-ligasida davom ettirdi. Avvaliga “Anji”, keyinroq “Krasnodar” klubiga ko‘chib o‘tdi. Rossiyadan kutilganidek Evropaga emas, balki jahon futbol yulduzlarini jamlayotgan Xitoy chempionatiga yo‘l oldi. Chin yurtida “Shanxay SIPG” va “Tyantszin Teda” va “Tsanchjou Mayti Layons” jamoalari sharafini himoya qildi.
Ikki karra O‘zbekiston chempioni, uch karra kubok sohibi, MDH chempionlari kubogi g‘olibi, ikki karra Rossiya premer-ligasi sovrindori, Xitoy chempionati oltin, kumush, bronza medallari egasi bo‘lgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida jami 108 ta uchrashuvda qatnashib, bu o‘yinlar davomida raqiblar darvozasini 20 marotaba ishg‘ol qilgan.
Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida vitse-prezident bo‘lib ishlamoqda.
- Rossiya terma jamoasi O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqida gapirishyapti. Jarayon ichidagi kishi siftia bu haqda nimalar bilasiz?
- Hozircha, Rossiya futbol ittifoqi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi muzokara o‘tkazmoqda. Lekin hali hech qanday kelishuv imzolangani yo‘q. O‘tkazilsa, bu juda yaxshi o‘yin bo‘ladi.
- Rossiya terma jamoasi boshqaruvidagi Karpinga qanday baho berasiz?
- U kuchli futbolchi bo‘lgan va hozir ajoyib murabbiy. Karpinni anchadan beri bilaman, u jangovar jamoa tayyorlay oladi. Agar Rossiya terma jamoasini chetlatishmaganida Karpin qo‘l ostida jahon chempionatiga yo‘llanma olardi va u erda esa pley-offga chiqardi, bunga aminman.
- Rossiya bilan ehtimoliy o‘yin O‘zbekiston uchun qanday ahamiyatga ega?
- Biz uchun nafaqat Rossiya bilan bo‘ladigan uchrashuv, balki boshqa kuchli jamoalar bilan bo‘ladigan bahslar ham muhim. Lekin Rossiya va O‘zbekiston aloqalari ancha uzun. Biz sizlarning termangiz va klublaringizni kuzatib boramiz, o‘yinchilarimiz Rossiya premer-ligasi klublarida o‘ynaydi. Hozir Rossiyada ikkitasi bor (Ibrohimxalil Yo‘ldoshev “Pari Nijniy Novgorod”da, Hojimat Erkinov “Torpedo”da o‘ynayapti). Boshqa yigitlarimizga ham qiziqishlar bor, o‘ylashimcha yana futbolchilarimiz ham boradi.
- Agar o‘zbek o‘yinchilarini legioner, deb hisoblashmasa, vaziyat yaxshilanarmidi?
- Buni juda qattiq xohlayman. Agar bu rasmiyatchilik bo‘lmasa, Rossiya premer-ligasida o‘zbek futboli vakillari doimiy tarzda o‘sib borardi.
- Nega O‘runovning Rossiyadagi faoliyati o‘xshamadi? Yulduzlik kasaliga chalindimi?
- Futbolchilik faoliyati birinchi navbatda uning o‘ziga bog‘liq. Klubda doimo professinal bo‘lib qolishimiz kerak, murabbiy talabini to‘liq bajarish shart. O‘runovda salohiyat bor, u Rossiyaning, hatto Evropaning yaxshi klubida o‘ynay olardi. Lekin xarakteri tufayli shu holat yuzaga keldi.
- Shomurodovning ham “Roma”dagi ishlari yurishmayapti. Sharoitni o‘zgartirishi kerakmi?
- Eldor bilan aloqadaman. Haqiqatan, “Roma”dagi ishlari yurishmay qoldi. Qishda boshqa klub topishi kerak, deb o‘ylayman. Imkon qadar Evropadan. Shomurodov u erda o‘zini va darajasini ko‘rsata oldi. O‘ziga ajratilgan daqiqalarda ham yaxshi o‘ynadi, gol urdi. Lekin Rossiya premer-ligasiga qaytmasligi kerak.
Legionerimizning kutgani bo‘lmadi, afsus!
Mourino Shomurodovga ishonganida bu transfer bo‘lmasmidi?..
Ularga e’tibor qarating! O‘zbek futbolchilari Rossiya klublariga tavsiya qilindi...
Italiyalik mutaxassis O‘runovga e’tibor qaratdi
O‘runov borishi mumkin bo‘lgan yagona klub bor!
Ana xolos. O‘runovning “Ural”dan ketishiga janjal sabab bo‘lgan!
Shomurodov o‘rniga Ronaldu!
“Roma” yutqazdi, Shomurodov “sehrli tayoqcha” bo‘lolmadi, g‘azablangan Mourino nimalar dedi?
Italiyalik muxlislar Shomurodov transferiga qanday munosabatda?
Fikrlar