
Shomurodovga xaridor klub sport direktori muzokara o‘tkazish uchun Rimga bormoqda. Niyat ancha jiddiy
Kecha Turkiyaning hurriyet.com.tr nashri "Galatasaroy" klubi "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodovga qiziqayotgani borasida xabar bergandi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "Galatasaroy" klubi sport direktori Jenk Ergyun Italiyaga jo‘nab ketgan. U A Seriyada faoliyat yuritayotgan bir necha futbolchilar, jumladan, hamyurtimiz Eldor Shomurodov borasida futbolchining vakili va "Roma" mutasaddilari bilan muzokara o‘tkazmoqchi.
Shomurodov boshqa chempionatga o‘tishi mumkin. Xaridorda aniq taklif bor
"Sariq-qizillar" O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisini ijaraga olmoqchi. Jamoa bosh murabbiyi Okan Buruk Shomani o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi. Shu bois tez orada tomonlar muzokara stoliga o‘tirishi kutilmoqda.
Fikrlar