Shomurodovni maoshiga qaramay olamiz! Evropada qolgan Eldorga yangi variant bor

  • 16 avgust, 2024, 07:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” bosh murabbiyi Daniele De Rossining yangi mavsum rejalariga kiritilmagan Eldor Shomurodovga turli variantlar chiqmoqda.

Evropada yozgi transferlar oynasi yopilishiga hali ikki hafta atrofida vaqt bor. Ayrim jamoalar o‘zlariga kerakli bo‘lgan o‘yinchilarni qo‘lga kiritish uchun harakatga tushib qoldi.

Eldor Shomurodovga yoz boshlanganidan beri turli da’vogarlik qilayotgan jamoalar bor. Biroq transfer amalga oshayotgani yo‘q. Dastlab, “Kalyari” 29 yoshli forvardni olib qolish uchun Rim klubi bilan muzokara qildi. Badal pulining kattaligi va poytaxtliklar sardiniyaliklarning summani pasaytirish haqidagi iltimosini qabul qilmagani bu transferga to‘siq bo‘ldi.

Keyinchalik “Verona” o‘z tarkibini aynan Shomurodov yordamida kuchaytirmoqchi bo‘ldi, “Roma”dan o‘zbek hujumchisining transfer ma’lumotlarini so‘radi. Hali veronaliklar legionerimiz variantidan to‘liq voz kechmagan bo‘lsa-da, hozircha bu borada biror o‘zgarish kutilmayapti.

Nihoyat, “Atalanta Yunayted” oxirgi kunlarda Eldor Shomurodovni AQShga olib ketmoqchi bo‘ldi. Amerikaliklar ham o‘zbek hujumchisi bo‘yicha takliflarini yubordi. Lekin ular transferni amalga oshirishga ulgurmadi. “Roma”ga ularning takliflari to‘g‘ri kelmadi, tomonlar bir to‘xtamga kelgunicha AQShda transfer oynasi rasman yopilib bo‘ldi.

Endi Eldor Shomurodovni olishga “Sampdoriya” urinib ko‘radigan bo‘lyapti. Bosh murabbiy Andrea Pirlo jamoani A Seriyaga olib chiqishga jiddiy bel bog‘lagan. Yozda klub 13 nafar yangi futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

Oxirgi transfer “Yuventus”dan keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan ijaraga olingan Nikola Sekulov bo‘ldi. Bu futbolchi maydon markazidan va har ikki qanotdan hujum uyushtirish uchun mas’ul hisoblanadi.

Endi “Sampdoriya” markaziy hujumchi masalasini hal qilishi kerak. Genuyaliklar sport direktori Petro Akkardi bu pozitsiyaga Eldor Shomurodovni olib kelishni mo‘ljallagan. Bu haqda bir necha Italiya nashrlari ma’lumot tarqata boshladi.

- “Sampdoriya” rahbariyati sport direktori Petro Akkardi boshchiligida “Roma”dan ketishi kutilayotgan Eldor Shomurodovning atrofidagi vaziyatni jiddiy kuzatib kelmoqda. Klub hali transferlar bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni yakunlagani yo‘q.

Nikola Sekulov transferidan keyin Petro Akkardi yangi o‘yinchi olish oldidan tarkibdagi ayrim futbolchilar bilan xayrlashishga harakat qilyapti. Bu transfer oynasi davomida Genuyani tark etishi kutilayotgan bir necha ijrochilar bor.

“Sampdoriya” tarkibida sifatli o‘yinchilarni olib qolish, maoshlar fondini qisqartirish maqsadida ayrim futbolchilardan voz kechadi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Petro Akkardi Eldor Shomurodovni olib kelmoqchi. 29 yoshli hujumchi hozir bir necha klublar nishonida turibdi. Ular “Roma”ning legioner bo‘yicha yakuniy to‘xtamga kelishini kutyapti.

O‘zbek hujumchisi “Kalyari”dagi faoliyatidan keyin V Seriyada muvaffaqiyatni ta’minlay oladigan muhim figuraga aylana oladi. Unga A Seriya klublaridan qiziqish borligi va maoshining nisbatan kattaligi hujumchini qo‘lga kiritishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkinligiga qaramay, “Sampdoriya” unga da’vogarlik qilmoqda, - deb yozdi clubdoria46.it sayti eksperti Miki Musumechi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov 2020 yilning oktyabridan beri Italiya chempionatida to‘p tepib kelmoqda. Italiya chempionatida “Jenoa”, “Roma”, “Spetsiya” va “Kalyari” sharafini himoya qilgan hamyurtimiz A Seriyada jami 102 ta uchrashuvda qatnashib, 15 ta gol va 9 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fayzullaev: Kelajagini hamma o‘zi hal qiladi!

Fayzullaev qachon gol urishini aytdi

Legionerimiz kutgani bo‘lmadi!

Tezkor: Shomurodovni AQShda kutishyapti, biroq Evropadan yangi xaridor chiqdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
17/08/2024 14:30
Эй ноширлар !!! Силардан илтимос, ўқувчиларингнинг бошини қотирмай, вақтларини олмай, Трансфер бўлгандан кейин ёзинглар. Булар ҳаммаси бекорчи, яъни, "фейк" хабар эканлигини ўзларинг ҳам яхши биласилар. Вақти келаяпти, кун кун кўришнинг тозароқ йўлларини танлашга. Ҳар - ҳолда келажак авлод билан боғлиқсилар.
Sanjarbek Abdillahakimov
17/08/2024 05:44
Tug'ulganidan yozmabsizlarda