“Shomurodovning asosiy tarkibdagi joyi kafolatlangan!”

  • 30 sentabr, 2022, 18:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik futbol tahlilchilari “Roma”dan o‘z mamlakatlari terma jamoalariga jalb qilingan o‘yinchilarning xatti-harakatlarini tahlil qilib chiqdi. FIFA kunlarida Rim klubining jami 11 nafar futbolchisi o‘z mamlakatlari milliy va yoshlar terma jamoalariga chaqirtirildi. 

Paulo Dibala – Argentina

Dibalaning milliy terma jamoadagi faoliyati u qadar yorqin emas. Sababi – uning pozitsiyasida Lionel Messi hukmron. Shu bois, Paulo mamlakati bosh jamoasida 34 ta uchrashuvda atigi uchta gol urgan xolos.

Argentinaga jarohat bilan etib borgan hujumchi mashg‘ulotlartda qatnashdi, xolos.  O‘rtoqlik uchrashuvlarini qatnashmadi.

1561271703_messi-dybala

Rojer Ibanes – Braziliya  

Joze Mourino Italiya va Braziliya fuqaroligiga ega bu o‘yinchining yangi qirralarini ochib berdi. Natijada Ibanes har doim kuchli tarkibga ega bo‘lgan Braziliya terma jamoasidan ilk bor chaqiruv oldi. Futbolchining o‘zi Tunisga qarshi o‘yinda maydonga tushdi va bu muvaffaqiyatining asosiy sababchisi sifatida portugaliyalik mutaxassis nomini tilga oldi.

Temmi Abraxam – Angliya

Temmi Abraxam terma jamoada Harri Keyn bilan raqobatalasha olmayapti. Bu gal Italiya va Germaniyaga qarshi o‘kazilgan Millatlar ligasi doirasidagi uchrashuvda ham “Roma” vakili “Tottenxem” yulduzining o‘yinlarini kuzatib o‘tirishiga to‘g‘ri keldi.

Brayan Kristante, Edoardo Bove (U-21), Kristian Volpato (U-20) — Italiya

Kristante “Roma”dan Italiya terma jamoasi ixtiyoriga etib borgan yagona futbolchi bo‘ldi. Lorentso Pellegrini jarohat tufayli o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini “Roma”dagi o‘g‘li Janlukani va Nikolo Dzanoloni chaqirmaslikni ma’qul topdi. Kristante Angliya va Vengryaga qarshi uchrashuvlarda to‘liq o‘ynadi. Bitta golli uzatma berdi.

Kristian Volpato 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar musobqasida Portugaliya darvozasini ishg‘ol qildi, Shveytsariyaga qarshi bahsda assist qayd etdi.

Edoardo Bove esa Angliya yoshlar jamoasiga qarshi o‘yinda juda bo‘sh o‘ynadi va buning oqibatida Yaponiya bilan bo‘lgan bahsda tarkibga kiritilmadi.

Nikola Zalevski – Polsha

Zalevski hali ancha yosh bo‘lishiga qaramay, Polsha milliy terma jamoasida ettita uchrashuv o‘tkazishga ulgurdi. 20 yoshli futbolchi Niderlandiya va Uelsga qarshi  bellashuvlarni boshlang‘ich tarkibda boshladi.

Ruy Patrisio – Portugaliya

Ruy Patrisio terma jamoadagi o‘rnini “Portu” posboni Diogu Koshtaga boy berib qo‘ygan. Shu bois, Ispaniya va Chexiya bilan bo‘lgan bahslarni zaxira o‘rindig‘idan kuzatishga majbur bo‘ldi. Tajribali posbonning davri o‘tgan ko‘rinadi.

Mehmet Zeki Chelik – Turkiya

Turkiya milliy terma jamoasi Millatlar ligasining so‘nggi ikki bellashuvida omadsizlikka yuz tutdi. Turklar Lyuksemburg bilan durang qayd etib, Farer orollari futbolchilariga yutqazib qo‘ydi. Chelik bu bahslarda to‘liq harakat qildi.

Matias Vinya – Urugvay

“Roma” asosiy tarkibiga kira olmayotgan himoyachi Urugvay terma jamoasida ham xuddi shu holatda. Eron va Kanada bilan o‘yinlarda Matias so‘nggi daqiqalarda zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Eldor Shomurodov – O‘zbekiston

Eldor Shomurodov “Roma” futbolchilari orasida o‘z mamlakati terma jamoasi safida eng yaxshi natijani qayd etgan o‘yinchi bo‘ldi. Raqiblar ancha jiddiy – o‘z qit’asining eng kuchli terma jamoalari va Qatarda bo‘ladigan jahon chempionati ishtirokchilari edi.

Eldor terma jamoamizning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan Kamerunga qarshi bahsda jamoadoshiga golli pas uzatdi. Kosta-Rikaning so‘nggi daqiqadagi ikki goli evaziga mag‘lub bo‘lgan o‘yinimizda mundial ishtirokchisi darvozasini ishg‘ol qildi.

wggr5YR7a3B63iVg3kUcoFsnrCyKEcS0

- Eldor Shomurodov “Roma”da zaxiradan tushib, o‘yinni kuchaytirayotgan bo‘lsa-da, Joze Mourino unga hali hamon zaxira o‘yinchisi sifatida munosabatda bo‘lmoqda. Lekin bu hujumchining O‘zbekiston milliy terma jamoasi asosiy tarkibidagi joyi kafolatlangan. Chunki u o‘z mamlakati bosh jamoasining haqiqiy etakchilaridan biri sanaladi. Kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarda Eldor portugaliyalik murabbiydan yangi imkon berilishiga loyiq ekanini ko‘rsatdi, - deb yozadi https://footballnews24.it  sayti eksperti Matteo Allutstsi.

Shomurodov Rimda “yo‘qolib” qoldi yoxud uni hamon kutayotgan klublar bor!

“Ural” O‘runovni “topolmay” qoldi!

Ekspertlar bahosi: Shomurodov qahramon bo‘lishi mumkin edi...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!