
Shomurodovning Eronga qarshi o‘yini Evropada qanday baholandi?
2026 yilgi jahon chempionatining Osiyo saralash musobaqasi uchinchi bosqichining markaziy uchrashuvida O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.
Har ikki terma jamoa safida Evropa maydonlarida o‘ynagan va hozir ham faoliyatini davom ettirayotgan charm to‘p ustalari borligi “ko‘hna qit’a” ekspertlarining e’tiborini Toshkentdagi uchrashuvga qaratdi.
Xususan, Italiya nashrlari “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovning o‘yini bo‘yicha o‘z izohlarini muxlislar e’tiboriga havola etdi.
SPORTS.UZ portali xorij saytlarining O‘zbekiston – Eron o‘rtasidagi bahsga oid ma’lumotlarini keltirishga qaror qildi.
Jahon chempionatining Osiyo mintaqasidagi saralash bosqichining uchinchi turida O‘zbekiston va Eron futbolchilar o‘zaro kuch sinashdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovni saradash guruhidagi eng kuchli raqobatchiga qarshi uchrashuvning ilk daqiqalaridan maydonga tushirdi. Unga sardorlik bog‘ichi ham ishonib topshirildi.
Shomurodov butun uchrashuv davomida o‘yin dinamikasiga ta’chir o‘tkazgan bo‘lsa-da, bellashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qila olmadi.
O‘zbekiston futbolchilari 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionati mintaqaviy saralash turniri doirasida Eron terma jamoasi bilan kuch sinashdi.
Rim klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga gol urishi uchun 90 daqiqa ham etmadi.
O‘zbeklar eronliklar bilan birga jahon chempionatining Osiyo mintaqasidagi saralash guruhida peshqadamlikni ushlab turibdi. Eldor Shomurodov sardor sifatida o‘ynagan peshqadamlar to‘qnashuvida hisob ochilmadi.
Toshkentdagi O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda Italiya chempionati vakillari – Eldor Shomurodov va Mehdi Taremi o‘zaro raqobatlashdi. O‘yinda “Roma” hujumchisi ham, “Inter” vakili ham to‘liq harakat qilib, raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.
Jahon chempionatiga chiqish uchun Osiyo futbol konfederatsiya tashkil qilgan saralash musobaqasining uchinchi turidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Eron bahsida hisob ochilmadi.
“Roma”ning sobiq futbolchisi Sardor Azmun va Rimning hozirgi hujumchisi Eldor Shomurodov o‘zaro to‘qnashdi.
Eldor 90 daqiqa va to‘xtalishlarga qo‘shib berilgan qo‘shimcha 12 daqiqani ham maydonda o‘tkazdi. Hozir Qatar chempionatiga ko‘chib o‘tgan Sardor Azmun 79-daqiqada zaxiraga olindi. Uchrashuvda “Inter” forvardi Mehdi Terimi ham qatnashdi.
Endi Eldor Shomurodov va Mehdi Taremi A Seriyaning navbatdagi turida “Inter” va “Roma” o‘rtasidagi bahsida ko‘rishadi.
Hozircha, O‘zbekiston va Eron terma jamoalari saralash guruhida ettidan ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralash bosqichidagi navbatdagi uchrashuvini 15 oktyabr kuni Toshkentda Birlashgan Arab Amirliklari futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar