Shomurodovning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

  • 9 noyabr, 2020, 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy hujumchisi Eldor Shomurodov “Jenoa” tarkibidagi mashg‘ulotlardan birida jarohat olgan edi.

Tecno

“Jenoa” rasmiy sayti o‘zbekistonlik legioner o‘ng sonidan shikastlanganini ma’lum qilgan. Natijada Eldor genuyaliklarning Italiya kubogidagi “Katandzaro” jamoasi bilan bahsida ishtirok eta olmadi.

Shuningdek, hujumchimiz A Seriya doirasida 1 noyabr kuni “Sampdoriya”,  4 noyabrda “Torino”ga qarshi uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi. Hamyurtimiz 8 noyabr kuni “Roma”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda safga qaytishi aytilgandi. Biroq, Shomurodov bu gal ham uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi. “Jenoa” Eldor o‘ynamagan bu uchrashuvlarda bir ochkoni qo‘lga kiritdi xolos.

Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan mashhur nashrlardan biri – “TuttoFantacalcio” Eldor Shomurodovning qachon safga qaytishini aniqladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Shomurodov jarohatidan qutilgan va ayni paytda sport formasini tiklash bilash mashg‘ul.

shoma-genoa-mash

O‘z navbatida, “Jenoa” muxlislari ham Eldorning tezroq safga qaytishini istamoqda. Ular quyidagicha fikr bildirgan.

Walter Tassetti:

Shomurodov tiklanib olishiga umid qilyapman. U zaxiradan maydonga tushib bo‘lsa ham, o‘yinni kuchaytira oladi. Uning ustunligi bo‘yining balandligida.

Daniele Donadoni:

Tez orada Shomurodov, Males va Destro jarohatdan qutilib, safga qaytadi. Nihoyat, bosh murabbiy Maranda hujumchi tanlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Mario Colombo:

Shomurodov o‘ynashi kerak. U yaqinda transferi uchun sarf qilingan katta summani oqlashni boshlaydi.

Paolo Politi:

O‘zbekning qimmat transferi jamoaga foyda keltirishi kerak. U  “Inter”ga qarshi uchrashuvda o‘zini ko‘rsata olmagandi. Navbatdagi o‘yinlarda Eldorda gol urish imkoniyati bo‘ladi.

Andrea Chiappori:

Shomurodov yaxshi hujumchi. Unga moslashishi uchun ozgina vaqt kerak xolos.

15218327_1

“TuttoFantacalcio” nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Eldor Shomurodov A Seriyaning 8-turidan oldin safga qaytishi kutilmoqda. “Jenoa” navbatdagi uchrashuvni 22 noyabr kuni safarda “Udineze”ga qarshi o‘tkazadi.

Ungacha Evropaning ko‘plab klublarida bo‘lgani singari “Jenoa”ning turli mamlakatlar terma jamoalari sharafini himoya qiladigan futbolchilari xalqaro uchrashuvlarda qatnashadi. Aslida Eldor Shomurodov ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inida ishtirok etishi kerak edi. Bosh murabbiy Vadim Abramov jarohati tufayli hujumchini bezovta qilmadi.

Shomurodov – katta yo‘qotish!

Karpin Shomurodovni nega “qiyshiqoyoq” degan edi?

"Shomurodov ham “Rostov”da birdaniga asosiy futbolchi bo‘lmagan!"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!