Shomurodovning sobiq jamoasiga qarshi o‘yini qanday baholandi?

  • 18 yanvar, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya chempionatining 21-turini “Roma” va “Jenoa” uchrashuvi ochib berdi. “Olimpiko” stadionidagi uchrashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Roma” A Seriyaning joriy mavsumidagi ettinchi g‘alabasini nishonladi. Bellashuvda Eldor Shomurodov 85-daqiqada maydonga tushirildi.

Rim klubi faoliyatini yoritib kelayotgan laroma24.it sayti ekspertlari poytaxt “bo‘rilari”ning o‘yinini quyidagicha baholadi.

Mile SVILAR  6:

Barqaror o‘ynadi. Raqib futbolchisi Patritsio Mazini gol urgan vaziyatda zarba o‘ta kuchli chiqdi va uni qaytarish imkoni bo‘lmadi.

Janluka MANChINI 6:

Tajribali himoyachi ancha xotirjam o‘ynadi, lekin ayrim vaziyatlarda raqibga qarshilik qilishga kech qoldi.

Mats XAMMELЬS 6:

Nemis futbolchisi uchrashuvda yaxshi o‘ynadi, biroq 76-daqiqada Kluadio Raneri uni zaxiraga olib, Pizillini tushirdi va taktikani o‘zgartirdi.

Nikolo PIZILLI 6:

Hujumni kuchaytira oldi, bir vaziyatda o‘zi ham darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi. Lekin yosh hujumkor futbolchi imkoniyatni boy berdi.

Evan NDIKA 6,5:

Dastlab uch himoyachi orasida eng zo‘ri bo‘ldi. Keyin Raneri to‘rt himoyachi bilan o‘ynashga qaror qilganida ham o‘zini ko‘rsatib turdi.

Aleksis SALEMAKERS 6:

Bu gal Aleksis porlagani yo‘q, charchab qolgani sezildi. Bir marta Pellegrinini qulay vaziyatga chiqardi.

Manu KONE 6:

Tinim bilmas yarim himoyachi bu gal ham faol o‘yin ko‘rsatdi va rimliklarning raqib o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan uchinchi golida ishtirok edi.  

Leandro PAREDES 6:

Birinchi bo‘limni juda bo‘sh o‘tkazdi, raqib hisobni tenglashtirishida uning ham aybi bo‘ldi. Keyin ancha faollashdi.

ANJELINO 6,5:

Bu futbolchi hujum qilishda birorta xatoga yo‘l qo‘ygani yo‘q. Raqibni ta’qib qilishda ham sovuqqonlik bilan harakat qildi.

Paulo DIBALA  7:

Argentinalik yulduz gol urmagan bo‘lsa-da, maydonda eng zo‘ri bo‘ldi. U jamoadoshlarini g‘alaba sari etakladi deyish mumkin.

Matias SULE 6:

Dibala o‘rniga maydonga tushib, bir necha daqiqa o‘ynaganiga qaramay, o‘zini ko‘rsatishga harakat qildi.

Lorentso PELLEGRINI 5.5:

Bahsni yaxshi boshladi. Artyom Dovbikning golida ishtirok etdi. Lekin “Roma” darvozasi aynan uning aybi bilan ishg‘ol qilindi. Tanaffusda o‘rnini El-Shaaraviga bo‘shatib berdi.

Stefan EL-ShAARAVI 7:

Ikkinchi bo‘limni to‘liq o‘tkazgan Stefan juda faol o‘ynadi va gol urib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi

Artyom DOVBIK  6:

Bitta vaziyatga ega bo‘ldi va undan unumli foydalandi. Umumiy o‘yini yaxshi chiqmadi. O‘rnini Shomurodovga bo‘shatib berdi.

Eldor ShOMURODOV 6:

85-daqiqada maydonga tushgan o‘zbek futbolchisi jamoasining so‘nggi daqiqalardagi hujumlarida faol ishtirok etdi. Biroq samarali harakatlarni amalga oshirishga vaqt etmadi.

Kluadio RANЬERI 6,5:

“Roma” g‘alaba qozondi. Raneri uchrashuv davomida g‘alabani ta’minlash uchun o‘yinchi tanlash qobiliyatini yana bir bor namoyish qildi. Rim klubi nega aynan bu mutaxassisga ishonch bildirgani tobora oydinlashib bormoqda.

 

Fayzullaev otlan, Evropaga ketadigan payt keldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!