Shomurodovning “Spetsiya”dagi debyutini qachon ko‘ramiz?

  • 30 yanvar, 2023, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Nihoyat, Eldor Shomurodovning “Roma”dan “Spetsiya”ga transferi rasman e’lon qilindi. Barcha manbalar bu transferni tasdiqlab, o‘z axborotlarini ham tarqatib ulgurdi.

Tecno

- O‘zbek hujumchisi Liguriyaga kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin “Spetsiya” bilan shartnoma imzoladi. Ushbu kelishuv Lega Serie A saytida rasman qayd etildi. Unga ko‘ra, Shomurodov yangi klubida 2023 yilning 30 iyunigacha to‘p tepadi. “Spetsiya”da hujumchini keyinchalik transfer qilish huquqi yo‘q, deb axborot tarqatdi https://www.forzaroma.info sayti.

6316c21097d5e98570a68aebe1f85018

“Spetsiya” joriy mavsumda A Seriyadagi joyini saqlab qolish uchun kurashishga majbur bo‘lmoqda. Chempionatning 20-turidan so‘ng, Luka Gotti shogirdlari xavfli hudud chegarasi, ya’ni 17-o‘rinda turibdi. Jamoa hisobida 18 ochko bor.

Klub rahbariyati qishki transferlar vaqtida tarkibni kuchaytirishga qaror qildi. Unga ko‘ra, himoya chap qanotiga AQShning “Orlando” jamoasidan portugaliyalik Joau Moutino, markazga “Venetsiya”dan Pshemislav Vishnevski, yarim himoya chizig‘iga SPALdan Salvatore Espozito, Sloveniyaning “Mura” jamoasidan Tio Tsipot,  “Fiorentina”dan Shimon Jurkovski, hujumga Latviyaning “Valmiera”sidan Raymond Krollis olib kelindi.

Lekin bosh murabbiy Luka Gotti mutasaddilardan asosiy hujumchi sifatida Eldor Shomurodovni olib kelishni talab qildi. Chunki jamoani murakkab vaziyatdan olib chiqish uchun tajribali forvadga ehtiyoj bor.

“Spetsiya” faoliyatini yoritib boruvchi https://www.cittadellaspezia.com sayti bumasalaga alohida e’tibor qaratib, Eldor Shomurodov haqidagi quyidagi faktlarni keltirdi.

- Eldor “Spetsiya”da o‘zi doim o‘ynaydigan 14-raqamni tanladi. Bu futbolchi “Mash’al” klubi tabiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu jamoa tarkibida O‘zbekiston yuqori divizionida 18 yoshligida debyut qilgan. 2015 yili “Bunyodkor”ga o‘tdi. O‘zbekiston chempionatida 59 ta uchrashuvda 14 ta gol urdi.

2017 yili Rossiyaning “Rostov” klubiga o‘tishi g‘ujumchi uchun katta yutuq bo‘ldi. Premer-ligadagi 18 ta gol Italiya jamoalarining e’tiborini tortdi. 2020 yili Genuyaga ko‘chib o‘tgani “Jenoa”ning A Seriyadagi joyini saqlab qolishida muhim rol o‘ynadi. Keyingi bosqich “Roma” bo‘ldi, lekin bu mavsum unga imkoniyat berilmadi.

Endi Luka Gotti jismonan baquvvat, tezkor, havodagi kurashlarda kuchli, hujumning har qanday nuqtasida o‘ynay oladigan mukammal forvardga ega bo‘ldi, - deb yozdi https://www.cittadellaspezia.com sayti.

Transfer ishlari yakunlandi, Shomurodov yangi jamoasiga qo‘shildi. Endi o‘zbek futbolchisi Italiyadagi uchinchi jamoasidagi debyutini qachon nishonlashi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.

“Spetsiya” A Seriyadagi navbatdagi uchrashuvini 5 fevral kuni o‘tkazadi. Shu kuni Luka Gotti shogirdlari chempionat peshqadami “Napoli”ni qabul qiladi. Eldorning “Spetsiya”dagi debyuti aynan mana shu kuchli raqibga qarshi bo‘lishi kutilmoqda.

Chunki “Spetsiya”ning asosiy to‘purari Mbala Nzola jarohat olib safdan chiqqan. Eldor Shomurodov oldida darrov o‘yinga qo‘shilib ketish vazifasi turibdi. Chunki o‘rtamiyona jamoa yarim mavsum uchun 1,5 million evro to‘lagan futbolchini zaxirada olib o‘tirish uchun olmagani aniq.

Mourinho-e-Shomurodov

Demak, 5 fevralni kutamiz. Shu kuni Eldor yangi jamoasidagi gollari sonini ochishdan umidvormiz.

O‘runovni pul “sindirdi”!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
30/01/2023 23:22
Омад ! Элдор.