Shomurodovning ustozi 5-marta qiz farzandli bo‘ldi
Rossiyaning “Rostov” klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin 5-marta ota bo‘ldi. U va ayoli Daryo qiz farzandli bo‘lishdi.
Ta’kidlash kerakki, bungacha Karpinning 4 ta qizi bor edi. Ularning 2 tasi birinchi xotinidan bo‘lsa, yana biri nikohsiz tug‘ilgan.
Valeriy Karpin boshchiligidagi "Rostov" 22 turdan so‘ng RPL musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Chempionat esa koronavirus tufayli noma’lum muddatga to‘xtatildi.
Fikrlar