
Shomurodovning ustozi qaysi jamoa chempion bo‘lishini aytdi
Taniqli italiyalik murabbiy Klaudio Raneri yangi mavsumda A Seriyada chempionlik uchun qaysi jamoalarning imkoniyati yuqori ekanini tahlil qilib berdi.
Ma’lumki, Italiya chempionatida o‘tgan yili “Napoli” chempionlikka sazovor bo‘lib, Milan shahri vakillari – “Milan” va”Inter”dan chempionlik unvonini tortib oldi.
Bu mavsum ham odatdagi da’vogarlar Skudetto uchun kurashadi. Hozir hamma tenglashishni istayotgan jamoa “Napoli”dir. Menimcha, yangi mavsumda ham shunday bo‘lib qoladi.
“Milan” va “Inter” ham chempionlik uchun harakat qilayotgan jamoalar orasida bo‘ladi. “Roma” Evropa Chempionlar ligasiga qaytishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Evrokuboklardan quruq qolayotgan “Yuventus” nima qilib bo‘lsa ham, Italiya chempionligini qo‘lga kiritishga urinadi.
Nomzodlar guruhiga “Latsio”ni qo‘shish mumkin. Eng katta syurprizlarni “Atalanta”dan kutish kerak, - dedi “Kalyari”ni mavsumga tayyorlayotgan Klaudio Raneri.
Tajribali mutaxassis Sardiniya klubini 2023 yilning boshida qabul qilib olgandi. Raneri “Kalyari”ni yarim mavsum ichida A Seriyaga olib chiqishni uddaladi.
Klub rahbariyati murabbiylar shtabi va jamoa oldiga yuqori divizionda qolish vazifasini yuklagan. Bunga erishish uchun Raneri tarkibni kuchaytirishga qaror qildi.
Ana shu maqsadda yozgi transferlar vaqtida sardiniyaliklar “Roma”dan Eldor Shomurodovni transfer qildi. Raneri qaroriga ko‘ra, o‘zbek legioneri murabbiylar shtabi qo‘llaydigan 4-4-2 sxemasida ikki hujumchidan biri sifatida o‘ynashi kerak bo‘ladi.
“Kalyari” hamyurtimizni keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga oldi. Bu muddat uchun sardiniyaliklar rimliklarga bir million evro to‘laydi. Agar Shomurodov mavsum davomida o‘zini ko‘rsata olsa, “Kalyari” kelasi yoz o‘zbek forvardining transferini 9 million evroga to‘liq xarid qilishi mumkin.
Shu bois, “Kalyari” rahbariyati Eldor Shomurodov bilan shaxsiy shartnomani 1+3 ko‘rinishida imzolagan.
Klaudio Raneri Eldor Shomurodovdan tashqari yana bir necha mahoratli o‘yinchilarni o‘z jamoasiga qabul qilib oldi. SPALdan Matteo Prati, “Verona”dan Ibrohim Sulemana, “Sampdoriya”dan Tomasso Augello, “Yuventus” yoshlar jamoasidan Alessandro Di Pardo, “Olbiya”dan Kristian Travaglini, “Inter”dan Gaetano Oristanio, Ispaniyaning “Xetafe”sidan Yakub Yankto hamda Ruminiyaning ChFR klubidan darvozabon Simone Skuffet faoliyatini “Kalyari” jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi.
Yangi mavsum Klaudio Raneri shogirdlari uchun muvaffaqiyatli boshlanganini ta’kidlash lozim. Sardiniyaliklar mavsumning birinchi rasmiy uchrashuvi – Italiya kubogi doirasida kuchli raqib – “Palermo” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
Ayni paytda jamoa A Seriyaning birinchi tur o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Kalyari” futbolchilari 21 avgust kuni Turin shahrida “Torino” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
Shomurodov bu “yuk”ni ko‘tara olmaydimi?
Husanov jamoasi Chempionlar ligasi uchun ko‘p gol uradigan hujumchini olyapti
Shomurodov: Messiga hech qanday aloqam yo‘q! (foto)
Premer-liga klubi tez orada o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qiladi
Fikrlar