Shomurodovning ustozini Braziliya termasini boshqarishga chaqirishyapti

  • 5 aprel, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodovni 2021 yilning yozida “Roma”ga taklif qilgan Joze Mourino ayni paytda Turkiya chempionatida “Fenerbahche”ni boshqaryapti.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis turk klubi bilan 2026 yilning yozigacha tuzilgan shartnomani oxiriga etkaza olmasligi  mumkin.

Terma jamoa uchun munosib bosh murabbiy qidirayotgan Braziliya futbol federatsiyasi Joze Mourinoni hamkorlikka chaqiryapti.

Todofichajes nashrining yozishicha, Braziliya terma jamoasi rahbariyati Mourinodan tashqari, braziliyalik Karlo Anchelotti va Xosep Gvardiola xizmatlariga qiziqish bildiryapti.

62 yoshli Mourino “Fenerbahche”ga kelgunga qadar “Benfika”, “Portu”, “Chelsi”, “Real”, “Inter”, “Tottenxem”, “Manchester Yunayted” va “Roma”da ishlab ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
05/04/2025 15:46
бунака "устоз"ни боридан йуги яхши...
устозликка арзимайди