
Shon O'Melli: “Merab Dvalishvilini faqat bitta yo‘l bilan yutish mumkin”
Amerikalik UFC jangchisi Shon O'Melli o‘ta engil vaznda amaldagi chempion Merab Dvalishvilini mag‘lub etishning yagona yo‘li haqida gapirdi.
“Merabni yutish uchun unga aniq zarba berish kerak. Uni deyarli snayperdek ushlab olish lozim. Dvalishvilini faqat nokaut bilan engishning iloji bor. Biroq o‘ylashimcha, buni mendan boshqa hech kim yaqin orada qila olmaydi” — dedi amerikalik "Red Corner MMA" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Merab Dvalishvili 5 oktyabr kuni Kori Sendxagen ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Fikrlar