
Shon Striklend: "U birgina yaxshi zarbasi bilan har qanday raqibni uxlatib qo‘yadi"
O‘rta vazn toifasida (84 kg) sobiq UFC chempioni, amerikalik Shon Striklend nima uchun yarim og‘ir vaznda (93 kg) amaldagi UFC chempioni braziliyalik Aleks Pereyrani nokautga uchratolmasligini tushuntirdi.
“Men Aleksdan qo‘rqmayman, lekin iyagim uning zarbasini ko‘tara olmaydi. U jiddiyroq xato qilsagina nokautga uchrashi mumkin. Menda Pereyraga kuchli zarba berish imkoniyati bo‘lganida ham, baribir uni nokautga uchratolmagan bo‘lardim. Aleks birgina yaxshi zarbasi bilan har qanday raqibni uxlatib qo‘yadi”, – dedi Striklend Plinio Cruz You Tube kanaliga.
Eslatib o‘tamiz, Shon Striklend(29-6) 2022 yilda Aleks Pereyra(11-2)ga nokaut bilan yutqazgandi.
Fikrlar