"Sho‘rtan" murabbiyi: "Futbolchilarimiz xatoga yo‘l qo‘yishmadi, faqat..."

  • 12 may, 10:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 9-turida “So‘g‘diyona” – “Sho‘rtan” (1:1) uchrashuvidan keyingi mehmonlarning vaqtinchalik bosh murabbiyi Eldor Moyliev o‘yin haqida shunday dedi:

Tecno

"Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. “So‘g‘diyona” jamoasini o‘rganib chiqdik va o‘zimiz ikkinchi maydonda kutib olib, qarshi hujumda omadimizni sinab ko‘rmoqchi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda bu rejamiz o‘xshadi. Ancha xavfli vaziyatlar yaratdik. Faqatgina imkoniyatlardan foydalana olmadik.

Ikkinchi bo‘limda qizil kartochkadan keyin himoyada o‘ynashga majbur bo‘ldik. Oxirgi daqiqalarda muvozanatni yo‘qotganimiz evaziga darvozamizdan gol o‘tkazib yubordik. Futbolchilarimiz xatoga yo‘l qo‘yishmadi. Faqat raqib o‘yinchisini biroz qochirdik va bundan foydalanib ketdi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!