"Sho‘rtan" murabbiyi: "Mashg‘ulotlardagi ishlanmalarimiz o‘yin davomida deyarli o‘xshamadi"

  • 30 iyun, 00:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turnir jadvalida autsayder bo‘lib turgan “Buxoro” va “Sho‘rtan” klublari Superliganing 14-turida o‘zaro bellashdilar.

Tecno

Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda “Buxoro” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Avvaliga “Sho‘rtan” hisobni ochgandi. Shunga qaramay, “Buxoro” futbolchilari irodalarini ko‘rsatdilar va uchta gol urishga erishib, uch ochkoni rasmiylashtirdilar.

O‘yindan keyin “Sho‘rtan”ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Eldor Moyliev matbuot anjumanida quyidagicha fikr bildirdi.

- Birinchi bo‘limni yaxshi va nazoratimiz ostida boshlagandik, gol ham urgandik. Afsuski, o‘zimizni xatoimiz, hujumda to‘pni yo‘qotdik, yosh bolalarcha xato qildik. Shuning evaziga gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘lim oldidan yigitlarga standart vaziyatlarda ular yaxshiroqligini, bunday paytda diqqat-e’tiborni yo‘qotmaslik kerakligini ta’kidlagandik. Biroq o‘sha holatda futbolchimiz e’tiborni yo‘qotdi. Ikkinchi gol urilganidan keyin “Buxoro” 10 futbolchi bilan himoyalandi. Himoyani yorib o‘tish qiyin bo‘ldi.  

- “Sho‘rtan” gol urguniga qadar ancha tajovuzkor o‘ynadi. Jamoangiz gol urgach, biroz passiv o‘ynay boshladi. Bunga nima sabab?

- Aytganingizdek, golgacha yaxshi o‘ynab turgandik. Goldan keyin ko‘plab yakka kurashlarda yutqazdik. Agar yakka kurashlarda yutqazaversak, qanday taktikada o‘ynamaylik foyda bermaydi.

- Hisob 2:1 bo‘lib turganida ham jamoangizda imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi. “Sho‘rtan”da yoshlar ko‘p va jamoa o‘yini boshqalarnikiga qaraganda ancha noodatiy. Shu xususida nima deya olasiz?

- Har uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Faqat o‘yindan-o‘yinga kam vaqt bo‘lgani uchun o‘ylagan rejalarimizni ko‘pi amalga oshmay qolyapti. “Buxoro” bilan o‘yindan oldin ham ko‘p narsalarni mashg‘ulotlarda ishlagandik. Afsuski, o‘yin davomida hech qaysisi deyarli o‘xshamadi. Himoyadan chiqishda ham, hujumni rivojlantirishda ham mashg‘ulotlardagi ishlanmalarimiz amalga oshmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!