"Sho‘rtan" tarkibi kuchaytirilyapti. Superligada o‘ynagan o‘yinchilar va Bahrayn chempionatidan qaytgan legioner ham bor

  • 13 yanvar, 2024, 23:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligaga chiqishni maqsad qilgan “Sho‘rtan” tarkibni kuchaytirayotganidan xabaringiz bor. Bugun ham jamoaga kelib qo‘shilgan bir qator futbolchilar bilan shartnomalar imzolandi.

Tecno

O‘tgan mavsumda Buxoroning «Buxoro» jamoasi sharafini himoya qilgan Jasur Xolto‘raev yangi mavsumda g‘uzorliklarga yordam beradi. Futbolchi “Sho‘rtan” bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

sho‘rtan xolto‘raev

28 yoshli tajribali himoyachi Mirjalol Jumaev himoya chizig‘ini kuchaytirmoqda. Mirjalol ham G‘uzor jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

«Nasaf» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, o‘tgan mavsumda «Buxoro» jamoasida harakat qilgan Mahmud Jo‘raboev ham “Sho‘rtan” tarkibiga kelib qo‘shildi. Yosh hujumchi 2024 yil oxirigacha jamoa bilan birga bo‘ladi.

sho‘rtan berdiev

O‘tgan mavsumda Yaypanning «Turon» klubida harakat qilgan Sardor Sa’dullaev ham yangi mavsumni “Sho‘rtan” bilan birga boshlaydi. Tajribali himoyachi bilan bir yillik kelishuvga erishildi.

So‘ngi mavsumlarda legioner maqomida bo‘lgan darvozabon Mirzohid Mamatxonov 2024 yilda G‘uzor jamoasi yordam beradi. Iqtidorli darvozabon so‘nggi mavsumni Bahraynning «Budaiya» jamoasida o‘tkazgan.

sho‘rtan1

Shuningdek, o‘tgan mavsumda “Sho‘rtan” jamoasi sharafini himoya qilgan tajribali himoyachi Ulug‘bek Xudoyberdiev bilan ham amaldagi shartnoma uzaytirildi.

“Sho‘rtan” murabbiylari selektsiya ishlarini davom ettirishmoqda.

«Sho‘rtan» PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!