Shota Arveladze Gruziya va O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtasidagi farq borasida qiziq fikr bildirdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15 noyabr kuni Tbilisida Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Mazkur bahs oldidan SPORTS.uz muxbiri gruziyalik mutaxassis “Paxtakor” klubining sobiq ustozi Shota Arveladze bilan suhbatlashdi.
Arveladze fikrlari davomida ikki jamoani taqqosladi.
- Ushbu o‘yinni stadionda emas, balki televizor orqali uyimda tomosha qilmoqchiman. O‘ylaymanki, Gruziya – O‘zbekiston terma jamoalari ishtirokida o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi qiziqarli kechadi.
Gruziya terma jamoasi O‘zbekistondan ancha kuchlimi? Menimcha, ikka jamoaning darajasi teng. Gruziyaning O‘zbekistondan kuchli demayotganimning boisi shuki, biznikilar barqaror o‘yin namoyish eta olmaydilar, - dedi Shota Arveladze.
Gruziya va O‘zbekiston ilk bor 2017 yili to‘qnash kelgan. O‘sha uchrashuvda 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan. Terma jamoamiz safida Eldor Shomurodov dublga erishgandi. Ertaga esa ushbu jamoalarning o‘zaro ikkinchi bellashuvining shohidiga aylanamiz.
Shota Arveladze bilan tashkil etilgan intervyuning to‘liq qismini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin>>>>>
Fikrlar