Shota Arveladze: "Nasaf" bilan o‘ynash hamisha yoqimli

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze Pepsi Superliga 11-turida "Nasaf"ga qarshi o‘tadigan uchrashuv to‘g‘risida fikrlarini bildirdi. Bu haqda Toshkent klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

""Nasaf" bilan o‘ynash hamisha yoqimli. Bu klubni juda hurmat qilaman. Stadion juda yaxshi va ishqibozlar super futbol uchun ajoyib muhitni yuzaga keltirishadi. Bu erda yaratilgan sharoitlar ham juda yaxshi.

Biz har bir bellashuvda g‘alaba uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Bu yo‘lda bor kuchimizni berishga harakat qilamiz", - deb aytib o‘tdi gruziyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!