Shota Arveladze "Paxtakor"ning mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatiga qanday izoh berdi?

  • 27.11.2019 18:27
  • Bekzod Isayev
  • 7
  • Futbol

Superliga 25-turida "Paxtakor" safarda "Bunyodkor"ga imkoniyatini boy berdi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Shota Arveladze matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bayon etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- O‘yin yaxshi o‘tdi deya olaman. Chiroyli hujumlar, gollarga guvoh bo‘ldik. "Bunyodkor" Chempionlar Ligasi uchun kurash olib bormoqda va ularda katta ishtiyoq bor. Biz esa klub obro‘si va muxlislar uchun o‘ynayapmiz. Birinchi bo‘limda raqib yarim himoyasini yo‘qotdik va bu gollarga sabab bo‘ldi. Keyin o‘yinga qaytdik va uchinchi to‘pni ham kiritishga intildik, ammo o‘zimiz gol o‘tkazib yubordik. Jamoamni chiroyli seriya bilan, raqibni esa g‘alaba bilan tabriklayman. Bu jamoani milliy terma jamoa bosh murabbiyi boshqarmoqda.

Terma jamoa futbolchilari fevraldan beri dam olishmagan. Baribir ozgina charchoq alomatlari bilinadi, bu tabiiy hol, - dedi Arveladze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
27/11/2019 20:38
Гуризин жаноблар арман жаноблар кейин Абрамов узбекда кани
Sardor Asrarov
28/11/2019 23:22
O'yinni sottik deb tug'risini aytaver... Abramov bosh murabbiy bugan bilan klubni mag'lubiyatsiz sha'nini saqlab qolish uz qulingda edi hurmatli Arvaladze janoblari...maqsad Sug'diyonani 3-uringa chiqarmaslik bulgan, bu kunday ravshanku,futbolda halol uynaymiz deb butun Uzbekistonni aldab keldilaring,qani haqiqat
&
Shoxrux MTJ
28/11/2019 00:27
Bunyodkor malades anchadan beri bunaqa xaqiqiy futbol kormagandim..
&
Ramzis ll
27/11/2019 20:27
Xalqni aldab bunaqa chempionatini o'tkazishdan kimga foyda, bu ketishda faqat futbolimiz orqaga ketyapti, yaqinda Afg'oniston ham bizdan o'tirib ketadi shekilli.
Sanjar Haqnazarov
27/11/2019 18:32
O‘yinni sotdik deyavering janob arveladze.........
&
AzizXudoyberdiyev
27/11/2019 19:20
Oka o'yinni sotgan bo'lsa 89-minutda gol urmaydiku.O'yinni ko'rgan bo'lsangiz juda jangovor kechdi.hech qanaqa kelishilgan o'yinni alomatlari yo'q
Muhammad Rahmatillaev
27/11/2019 19:05
Яна булар оғзини кўпиртириб яна қайда телевизорда халол футбол ўйнаймиз дейишига бало борми.
Абдусамат Жураев
27/11/2019 18:35
ГАПНИ КАРАННГ АБРАМОВ ТЕРМА БОШ МУРАБИЙИ ТУГРИ ТУШУНИНГЛАР ДЕМОКЧИ ШАРТА АУТ ЭРКАК БУСАННГ БУЙРУК БУЛГАН ДЕГИН
28/11/2019 23:24
gapingizga qushilaman judda tug'ri gapni ayttiz
28/11/2019 23:25
gapingizga qushilaman judda tug'ri gapni ayttiz