“Showtime” Shohjahonning jangini Toshkentda o‘tkazmoqchi

  • 7 iyun, 2018, 15:21
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Engilmas professional bokschi Shohjahon Ergashevning janglari ko‘plab muxlislarimizni qiziqtirib kelmoqda. Xususan, Shohjahon navbatdagi jangini qachon va qaerda o‘tkazishi haqidagi xabarlarni ko‘pchilik kutmoqda.

Tecno

Sports.uz axborot portaliga kelib tushgan ma’lumotlarga qaraganda, Shohjahonning navbatdagi jangi 10 iyul kuni Toshkent shahrida o‘tkazilishi mumkin. Bu xabarga oydinlik kiritish uchun Sports.uz vakillari Shohjahon Ergashev bilan bog‘landi.

- Men ham “Showtime” telekanali navbatdagi jangimni Toshkentda o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida eshitdim, - deydi Shohjahon. - Menejerim Oleg Bogdanov bilan bog‘langanimda uning ham bundan xabardor ekanini bildim. Lekin bu hozircha faqat reja, hali rasmiy axborot berilgani yo‘q. Nima bo‘lgan taqdirda ham, men o‘z muxlislarim ko‘z o‘ngida ringga chiqishni orzu qilaman.

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi qachon va qaerda bo‘lishi haqidagi rasmiy xabarni Sports.uz saytida kuting!

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!