Shu yulduz kerakmi? 115 million yevro to‘lang
Angliya Premier-ligasining eng badavlat klublaridan hisoblangan “Nyukasl” jamoasi yetakchisi Sandro Tonali bilan yozgi transfer oynasi davrida xayrlashishga tayyorligini bildirdi.
Bu haqida Tuttosport xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, 25 yoshli italyalik futbolchining xizmatlariga Londonning “Arsenal” klubi qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, futbolchini “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Real” kabi qudratli klublar ham jiddiy tarzda kuzatmoqda.
Ma'lum qilinishicha, “qarg‘alar” Tonali uchun 115 million yevro va undan ko‘p mablag‘ taklif qilingan taqdirda italyalik yarim himoyachini qo‘yib yuboradi.
Joriy mavsumda Tonali barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda ishtirok etdi. U uchta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.
Yarim himoyachining “Nyukasl” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar