
Shukurjon Rahimov ham navbatdagi bosqichga yo‘l oldi
Bangkok shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida yurtdoshlarimizning muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda. Biroz avval -60 kilogramm vazn toifasdiga vakilimiz Shukurjon Rahimov ilk jangini olib bordi.
KXDR vakili Chol Man Choega qarshi bahs olib borgan Shukurjon o‘zining aniq va kuchli zarbalari evaziga g‘alaba qozonib, ikkinchi bosqich masalasini ijobiy hal qildi. Bokschimiz keyingi davrada yamanlik raqibiga qarshi jang olib boradi.
Fikrlar