
Shveytsariya Qatarga boradi, amaldagi Evropa chempionlari esa mundialsiz qolishi mumkin
"JCh-2022" saralashi Evropa mintaqasidan o‘rin olgan Shimoliy Irlandiya va Italiya o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi. Mazkur bahsda gol urish hech bir jamoaga nasib etmadi.
Ushbu durangdan so‘ng Italiya ochkolari sonini 16 taga etkazib olib, o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Endi "Skuadra Adzurra" mundial yo‘llanmasi uchun pley-off bosqichida ishtirok etadi.
"C" guruhida kutilmaganda Shveytsariya terma jamoasi birinchi o‘rinni egallab, jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi bahsda ular Bolgariya darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi.
Qayd etish joiz, 18 ochko to‘plagan Shveytsariya Italiyadan 2 ochko ko‘p jamg‘ardi va sensatsion tarzda o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi.
Fikrlar