Shyurrle "Spartak"da qaysi raqamni tanladi?

  • 31.07.2019 11:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Borussiya" Dortmund forvardi Andre Shyurrle yangi mavsumni Moskvaning "Spartak" klubida ijarada o‘tkazadigan bo‘ldi.

Germaniyalik futbolchi kecha rus klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va o‘zi uchun raqam tanladi. Unga ko‘ra Shyurrle “Spartak”da 20-raqamda o‘ynaydi. Uning yillik maoshi esa 3 mln evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Shyurrle o‘tgan mavsumni Londonning “Fulxem” klubida ijarada o‘tkazgan va APLda 25ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!