Simeone: "Biz jasorat ko‘rsatdik, lekin hali hammasi oldinda"

  • 09.04.2026 04:17
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Barselona" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz bu yerda hali g‘alaba qozonmagan edik, bu juda qiyin maydon. Raqib ehtimol Evropadagi eng kuchli jamoalardan biri.

Jamoaviy o‘yin orqali kerakli paytda zarba bera oldik. Ikkinchi gol bizga ishonch berdi, afsuski ustunlikni yanada oshira olmadik.

Futbolning go‘zalligi ham shunda — asosiysi natija. Bugun biz juda intizomli o‘ynadik. Boshqa o‘yinlarda bu darajada emas edik.

Raqibning yuqori pressingi tufayli qiyin bo‘ldi. Ular bizga vaqt qoldirmadi. Ammo biz jasorat ko‘rsatdik va imkoniyatlardan foydalandik.

Javob o‘yinida ular bizni qattiq sinab ko‘radi. Biz ham tayyormiz. Oldimizda yana og‘ir bahs bor, — dedi Simeone

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!