
Simeone "Las-Palmas"dan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone La Liganing 32-turida "Las-Palmas"ga qarshi o‘yindagi (0:1) mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
— Chempionlikka umid ham so‘ndimi?
— Agar chempionlikka haqiqiy imkoniyatimiz bo‘lganida, ideal natijalar ko‘rsatishimiz kerak edi. Bugun biz bunday o‘yin ko‘rsata olmadik.
Birinchi bo‘lim yomon emasdi. Darvozabon bizga hisobni ochishga yo‘l qo‘ymadi. Kontrataka va bo‘sh hududlarni nazorat qildik. Lekin ikkinchi bo‘lim passiv boshlandi, rejalarimizni amalga oshira olmadik. O‘tkazib yuborilgan gol ikkinchi bo‘limdagi o‘yinimizning ko‘zgusi bo‘ldi.
— Intensivlik past edi…
— Biz bu erda 14 yildan beri ishlayapmiz. Yaratgan narsalarimizni asrashni istaymiz. Biz o‘z uslubimizga mos futbolchilarni izlashda davom etamiz.
— Ikkinchi bo‘limdagi muvaffaqiyatsiz o‘yinni qanday izohlaysiz?
— Jamoaning kayfiyati yomon emas edi, lekin o‘yinimiz ish bermadi. Men o‘zgarishlar qildim, lekin natija bermadi. Bugungi kunda almashtirishlar samara bermadi. Gap ruhiy holatda emas, biz shunchaki yomon o‘ynadik.
— So‘nggi o‘yinlarda himoya ishonchli emasdek…
— Mavsum oxirida biz avvalgiga nisbatan ko‘proq qiynalmoqdamiz. Bu bosqich juda muhim. Bizga kerakli narsani tushunadigan futbolchilar kerak, - deya ta’rif berib o‘tdi argentinalik mutaxassis.
Fikrlar