Simeone: "Muxlislarimizga aynan shunday o'yin kerak edi"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya kubogining yarim final javob uchrashuvida "Barselona"ga (3:0) qarshi bahs natijalarini tahlil qildi.
"Bundan oldin biz ikki yarim finalda mag‘lub bo‘lganmiz va bugun bizda juda kuchli raqib bor edi, u juda intensiv o‘yin ko‘rsatdi.
Bizda ularga zarar yetkazish uchun imkoniyatlar bor edi. Raqib to‘pni bizdan yaxshi nazorat qildi, shuning uchun barcha uch gol shu tarzda kiritildi. Qiyin uchrashuv edi, uzoq kechishini bilib turibmiz. Biz xohlaganimizni qilib, qoniqdik.
Bunday jamoalarga qarshi o‘yinda, masalan "Barselona", qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Ham himoya, ham hujumda ular juda kuchli pressing qildi. Umuman, hujum uchun bo‘lgan kam imkoniyatlarda ham ularga qiyinchilik tug‘dirdik. Ammo imkoniyatlar oz edi, biz ko‘proq bo‘lishini kutayotgandik.
Muxlislarimizga aynan shunday o‘yin kerak edi. Futbolchilar orzu qilingan natijani qo‘lga kiritish uchun katta harakat qilishmoqda. Ular yaxshi tiklanishi, ko‘p mehnat qilishi va finalga ayni qiziqish bilan tayyorlanishi kerak", – dedi Simeone.
Shu tariqa, “matraschilar” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
Fikrlar