Simeone “Real” topgan hujumchini oladi

  • 3 oktabr, 2021, 22:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qirollik klubi” skautlari Urugvay chempionatidan kelajakda “Real” kuchaytirishi mumkin bo‘lgan iste’dodli futbolchini topgan edi.

Tecno

20 yoshli Agustin Alvares hujumda ishonchli o‘yin ko‘rsata oladi. Shu bois, “Real” bu futbolchini transfer qilmoqchi. Endi Alvaresga poytaxtning ikkinchi klubi – “Atletiko” ham xaridor bo‘lmoqda.

Futbolchiga egalik qiluvchi “Penyarol” klubi Alvaresni 20 million evroga qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirgan. Bu narx Madridning ikkala klubini ham qoniqtiradi.

“Atletiko” mutasaddilari futbolchini qo‘lga kiritish maqsadida ayyorlik ishlatyapti. Ular “Penyarol”ga 20 million evrodan tashqari Alvaresning keyingi transferidan ulush ham va’da qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!