
Simeone adashiga ishonmay qo‘ydi
“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone tajribali hujumchi Diego Kostani jamoadan ketkazmoqchi. Buning uchun murabbiy klub rahbarlaridan uni transferga qo‘yish yoki boshqa futbolchiga almashtirishni so‘ramoqda.
O‘z navbatida, madridliklar rahbariyati “Napoli” prezidenti Aurelio de Laurentisga murojaat qilib, futbolchi almashishni taklif qilgan. “Atletiko” vakillari Diego Kostani Neapolga jo‘natib, u erdan polshalik hujumchi Arkadiush Milikni olib kelmoqchi.
Diego Kosta La Ligada 13 ta o‘yinda ikkita gol urdi. Arkadiush Milik esa 16 ta o‘yinda 9 ta gol bilan jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.
Fikrlar