Simona Xalep: Men Avstraliyaga bekorga kelmadim

Ruminiyalik tennischi Simona Xalep Avstraliya Ochiq chempionatidagi ishtirokidan nimalar kutayotgani haqida gapirib o‘tdi.

"Men Melburnda dunyodagi birinchi raqamli tennischisi sifatida, butunlay yangi tuyg‘ularni boshdan kechirmoqdaman deb ayta olmayman. Lekin men uchun bu juda muhim bir vaziyat va men bu rolda bo‘lishdan mamnunman. Men o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman va raqobatga tayyorman. Bu erda oddiy o‘yinlar yo‘q va reyting juda muhim emas. Faqatgina turnirda maksimal darajada o‘ynashni istayman.

Albatta, iloji boricha bu turnirda yuqori nataji ko‘rsatishim kerak. Endi asosiy vazifam - g‘alaba qozonish”, - deydi Simona.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!