
“Siti” “Barsa”ning yo‘lini to‘sib qo‘ymoqchi
“Manchester Siti”ning asosiy to‘purari Serxio Agueroning yulduzli onlari sekin-asta poyoniga etmoqda. Uning avvalgi darajada o‘ynashiga murabbiylar shtabi ishonayotgani yo‘q.
Klub rahbariyati uning o‘rniga asosiy hujumchi sifatida Gabriel Jezus brr mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olishini istamoqda. Buning uchun “shaharliklar” braziliyalik hujumchining maoshini ikki barobar oshirishni taklif qilyapti.
Agar Gabriel Jezus 2023 yilga mo‘ljallangan amaldagi bitimini yangilasa, uning maoshi haftasiga 150 ming funtga ko‘tariladi.
23 yoshli hujumchi joriy mavsumda uchta uchrashuvda ikkita gol urishga erishdi. Unga yozda “Barselona”dan jiddiy chorlovlar bo‘lgandi. "Shaharliklar" yangi shartnoma bilan kataloniyaliklarning yo‘lini to‘sib qo‘ymoqchi.
Fikrlar