
“Siti” eng zo‘r o‘yinchisini qolishga ko‘ndirdi
“Manchester Siti” etakchi futbolchisi Kevin de Bryuyneni jamoada qolishga ko‘ndirdi. Manchesterliklar rahbariyati bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan shartnomani uzaytirganidan keyin jamoaning asosiy o‘yinlarini ham uzoqroq muddatga olib qolish uchun bitimlarni yangilashga harakat qilmoqda.
Avvalroq, Rahim Sterling va Gabriel Jezusga yangi kelishuv taklif etilgan edi. Endi navbatjamoa pleymeykeri Kevin De Bryuynega etib keldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, belgiyalik yarim himoyachi “Siti”da 2025 yilning yozigacha qolishga rozilik bergan. Kelishuvga ko‘ra, uning maoshi oshiriladi va Kevin Sterling bilan birga eng katta pul oladigan futbolchiga aylanadi.
Fikrlar