“Siti” Gvardiolaning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

  • 22.03.2026 12:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning mavsum oxirida ketishi ehtimoli oshib borayotgani bois, bu jarayonga tobora puxtaroq tayyorlanmoqda.

Ispaniyalik mutaxassisning shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi, ammo klub rahbarlari uni kelasi yozda, yaʼni kelishuv muddatidan bir yil oldin ketishini kutmoqda.

Bu haqida Football Insider nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, Gvardiola biroz dam olishni, shundan keyin esa murabbiylik faoliyatini davom ettirishni rejalashtiryapti.

Yaqinda “Manchester Siti” UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalida Madriddning “Real” jamoasiga magʻlub boʻlib, turnirni tark etdi. Angliya Premyer-ligasi jadvalidа “shaharliklar” musobaqa peshqadami “Arsenal”ga yetolmadi va chempionlikdan deyarli umidini uzdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!