"Siti" hujumchisi London grandlari orasida talab bo‘lmoqda

  • 20 iyun, 2022, 16:28
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" "Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezusni sotib olish uchun harakatni boshladi.

Tecno

“Daily Mirror” xabariga ko‘ra, "shporlar" 25 yoshli futbolchini transfer borasidagi "Arsenal" bilan kurashishga tayyor. Jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontega Jezusning o‘yinlari yoqadi.

Oldinroq "Arsenal" braziliyalik futbolchining transferi uchun 60 million evro to‘lashga tayyorligi haqida xabar berilgandi.

2021/22 yilgi mavsumda forvard "Manchester Siti" tarkibida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 12 ta gol uzatma muallifiga aylangan.

Uning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 50 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!