“Siti” iqtidorli oʻyinchisidan voz kechadigan boʻldi
Joriy mavsum Angliya Premier-ligasi chempionligiga harakat qilayotgan “Manchester Siti” hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida yanvar oyida “Bornmut” to'purarі Antuan Semenyoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Agar bu transfer amalga oshsa, “shaharliklar” safini iqtidorlu yosh o'yinchilardan Oskar Bobb tark etishiga to'g'ri keladi.
Talksport nashri ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli ganalik hujumchining Manchesterga kelishi shundoq ham kam o'ynab kelayotgan Bobbning o'yin amaliyotisiz qolib ketishiga sabab bo'ladi. Shu bois, manchesterliklar 22 yoshli norvegiyalik futbolchini boshqa klubga qo'yib yuborishga qarshi emas.
So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, Oskar Bobbga APLning ikki klubi – “Kristal Pэlas” va “Fulxэм” qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt ekspertlari hisob-kitobiga ko'ra, Oskar Bobbning bozor qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi. Joriy mavsumda u Xosep Gvardiola jamoasida 15 ta o'yinda 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar